ShN = Ns * Ns * No‘
Bu erda: ShN — Shartnoma narxi;
Ns — 1ta o‘quvchini o‘qitish hisobiga 1 soat o‘qitish narxi;
Ns — o‘qitish dasturida soatlar miqdori;
No‘ — o‘qitilganlar soni.
1.10. Ushbu Shartnomaga muvofiq:
1 o‘qitiladigan fuqaroga hisoblaganda bir soat o‘qitishning narxi ______ so‘mni tashkil etadi;
o‘qitish dasturining hajmi soatlarda _______ o‘quv soatidan iborat;
o‘qitiladiganlar soni _______ nafar.
1.11. Xizmatlarga haq to‘lash Buyurtmachi tomonidan ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish maqsadlari uchun mo‘ljallangan manbalardan amalga oshiriladi.
1.12. Xizmatlarga haq to‘lash pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
avans to‘lovi Shartnoma tuzilgandan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida Shartnomaning 15%i miqdorida;
oraliq to‘lovlar — xizmatlar amalda ko‘rsatilganda, ko‘rsatilgan xizmatlarga oraliq dalolatnomasi imzolangandan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida, ammo Shartnomaning 50%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yakuniy to‘lov — Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgani to‘g‘risidagi Dalolatnoma Tomonlar tomonidan imzolanganidan so‘ng 10 kun ichida qolgan summa miqdorida.
1.13. Majburiyatlarni bajarish dalolatnomasida quyidagilar hisobga olinadi:
kasbga o‘qitish dasturida rejalashtirilgan o‘quv soatlari hajmi;
kasbga o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitilganlarning soni;
kasbga o‘qitishning natijasi, ya’ni o‘qitilganlarning o‘qish tugagandan so‘ng 3 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishga joylashganlari.
1.14. O‘qishni bitirganlardan ishga joylashganlar:
85% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
60% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
50% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi.
1.15. Buyutmachi aybi bilan Shartnomani bajarish imkoni bo‘lmasa, Ijrochi tomonidan faqat amalda qilingan xarajatlar to‘lov bilan qoplanadi.
1.16. Shartnomaning 3.4-bandida ko‘rsatilgan sabablar bilan o‘quvchi o‘qishdan chetlatilsa, Ijrochining xizmatlariga amalda ko‘rsatilgan xizmat miqdoriga teng hajmda to‘lov to‘lanadi.
|
3-BO‘LIM. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
|
3.1. Buyurtmachi o‘z zimmasiga quyidagilarni oladi:
a) Shartnomaning 1.3.bandida ko‘rsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda o‘quv guruhlari tarkibini shakllantirish;
b) Shartnoma talablariga muvofiq ravishda ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilib olish;
v) Shartnomaning 3-bo‘limiga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash;
g) ___________________________________________________________________.
|
(boshqa majburiyatlar)
|
3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Ijrochi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish, shu jumladan, Ijrochining malakaviy komissiyasi ishida ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek, o‘qitilayotgan guruhlarning davomatini joriy tekshiruvlarni amalga oshirish orqali;
b) Shartnomani bajarishda Ijrochi bilan kelishilgan holda Shar�nomada ko‘zda tutilgan xizmatlar hajmini 20%dan oshmagan miqdorda o‘zgartirish, shunga mos ravishda Shartnoma narxini ham o‘zgartirish;
v) Shartnomaning 1.14-bandiga muvofiq Shartnoma narxini kamaytirish;
g) Ijrochiga Shartnoma bajarilishi yuzasidan so‘rovlar yuborish;
d) ___________________________________________________________________.
|
(boshqa huquqlar)
|
3.3. Ijrochi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirish;
b) ta’lim oluvchilar guruhlarini qabul qilishni ta’minlash va kasbga o‘qitish o‘quv jaraynini samarali tashkil etish;
v) o‘qishni tugatganlar va malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli tugatganlarga belgilangan shakldagi kasb-mutaxassislik malakasi berilgani to‘g‘risidagi Sertifikatni taqdim etish;
g) Ijrochining aybi bilan xizmatlar ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan bartaraf etish;
d) Shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid zarur hujjatlarni Buyurtmachining talabiga muvofiq taqdim etish;
e) _____________________________________________________________________.
|
(boshqa majburiyatlar)
|
3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
a) kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida o‘quv dasturiga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
b) o‘quvchilar tomonidan kasbga o‘qitish jarayonida tashkiliy va o‘quv jarayoni qoidalari qo‘pol ravishda yoki tizimli buzilgani uchun, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarga kelmasligi, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmasligi uchun o‘quvchilar o‘qishdan chetlatiladi, va bu haqda Buyurtmachiga uch kun muddat ichida xabar beriladi;
v) ____________________________________________________________________.
|
(boshqa huquqlar)
|
4-BO‘LIM. KO‘RSATILGAN XIZMATLARNI TOPShIRISh VA QABUL QILISh TARTIBI
|
4.1. Ijrochi Shartnomada belgilangan muddatda Buyurtmachiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobotni va Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnoma loyihasini taqdim etadi.
4.2. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan hisobot va dalolatnoma loyihasini tekshirish uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Shartnoma shartlariga mos kelishi bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan ekspertiza o‘tkaziladi.
Ekspertizani o‘tkazish uchun Buyurtmachi Ijrochidan Shartnoma shartlariga tegishli tasdiqlovchi hujjat va materiallarni talab qilishga haqlidir.
4.3. Hisobot va dalolatnoma loyihasi to‘g‘riligi tasdiqlangan holda, Buyurtmachi 5 ish kuni davomida Shartnoma majburiyatlari bajarilgani bo‘yicha dalolatnomani imzolaydi va uni Ijrochiga yo‘llaydi.
4.4. Tomonlar Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomani imzolaganidan boshlab, Shartnoma doirasida belgilangan Xizmatlar bajarilgan hisoblanadi.
4.5. _________________________________________________________________.
|
(ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish va qabul qilishning boshqa shartlari)
|
5-BO‘LIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
|
5.1. Tomonlar Shartnoma shartlari bajarilganligi yoki bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
5.2. Ijrochi tomonidan Shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya to‘lash talabini yo‘llaydi.
5.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmaganligi holatida Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya to‘lash talabini yo‘llaydi.
5.4. Tomonlar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan quyidagi hollarda ozod etiladi — Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganda, shu jumladan:
___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________.
|
(bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega hollar)
|
5.5. Tomonlar bir-biriga 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida ularga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar amalda yoki yuzaga kelish ehtimoli to‘g‘risida xabar berishi lozim.
Tomonlarning biri ularga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi e’tirof etilishiga rozi bo‘lmasa, Tomonlar kelib chiqqan kelishmovchilarni ko‘rib chiqish uchun qo‘shma komissiya tuzadilar.
Tomonlarning biri unga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida boshqa tomonga xabar bermaganligi yoki o‘z vaqtida xabar bermaganligi, uni ushbu sharoitni inobatga olish huquqidan mahrum qiladi.
|
6-BO‘LIM. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI
|
6.1. Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar uchun uning bajarilishi majburiydir.
6.2. Shartnoma Tomonlar kelishuviga asosan va sud qarori bilan Shartnoma Tomonlarining biri bir tomonlama Shartnomani bajarishdan bosh tortgan holda bekor qilinishi mumkin.
|
7-BO‘LIM. BOShQA ShARTLAR
|
7.1. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan bo‘lib, har bir nusxasi bir xil mazmunga va bir xil yuridik kuchga egadir.
7.2. Shartnomada ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish tutadilar.
7.3. Shartnomaga barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yozma ravishda Shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlar shaklida rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.4. Shartnomani bajarishda kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishadi, Tomonlar kelishuvga kelolmagan holda — ular sud tartibiga muvofiq hal etiladi.
7.5. ___________________________________________________________________.
|
(boshqa shartlar)
|
8-BO‘LIM. TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI
|
|
BUYuRTMAChI _____________________________
_____________________________
_____________________________
|
IJROChI
_____________________________
_____________________________
_____________________________
| |
9-BO‘LIM. TOMONLARNING IMZOLARI
|
|
BUYuRTMAChI _____________________________ _____________________________ 20___yil “____”_______________
M.O‘.
|
IJROChI _____________________________ _____________________________ 20___yil “____”_______________ M.O‘.
| |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |