O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari


Download 1.46 Mb.
bet207/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

3.

V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
ko’p qo’llaniladigan va faol fonetik, grammatik va leksik hodisalar (masalan, so’zlar, turli xil so’z birikmalari va idiomatik birliklar) haqidagi bilimlarni egallash, jumladan grammatik ma’no va til birliklarni hosil qilish va ularni qo’llash, leksik til birliklarining qo’llanish xususiyatlari, ma’nosi va shakllari, harf va harf birikmalarining talaffuzi, har xil ma’noni ifodalovchi intonasiya turlari, urg’uning to’g’ri ishlatilishi;
salomlashish, navbatchi raportini topshirish, xayrlashish, uzr so’rash, hol-ahvol so’rash vaziyatlaridagi qo’llanadigan iboralar intonasiyasi; kundalik turmushda ishlatiladigan so’z va so’z birikmalari; harbiy sohaga oid ko’p ishlatiladigan termin va atamalar; (bilim)
o’rganilayotgan til mamlakati va uning QK; harbiy texnika va qurol-aslahalarning taktik-texnik tavsifnomalari; jangovar va xizmat hujjatlarini tarjima qilish va suhbat olib borish uchun zarur bo’lgan harbiy atamalarni, xizmatchining shaxsiy hujjatlari; motopiyoda guruh komandirlarining ish xaritasidagi aks ettirilgan taktik vaziyatni tushunish uchun zarur bo’lgan shartli belgilari bo’yicha yetarli hajmda suxbatlashish; (ko’nikma)

4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
“Ingliz tili” fanini o’qitishda amaliy mashg’ulot shaklidan foydalaniladi.
Kursantlarni mustaqil va erkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, “Bumerang”, “Zinama-zina”, “Fikrlar hujumi” (aqliy hujum), “Charxpalak”, “3 x 4”, “Muammo”, “Labirint”, “Blis-so’rov”, “Skorobey”, “Interfaol suhbat”, “T-sxema”, “Klasster”, “FSMU”, “VEN-diagramma”, SWOT-tahlil” va boshqa (R.Ishmuhammedov, M.Yuldashev, Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar, T.: Nihol, 2013) interfaol metodlardan foydalaniladi.
Amaliy mashg’ulotlar davomida ta’limning
- kichik guruhlarda ishlash;
- individual topshiriqlarni bajarish;
- muammo;
- “Keys stadi” va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Amaliy mashg’ulotlar yakunida (joriy va oraliq), barcha mavzularini to’la o’zlashtirgan kursantlarga yakuniy nazoratda (semestr yakunida) ishtirok etishga ruxsat beriladi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling