O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Gapirish (dialog, monolog) kompetensiyasi bo’yicha


Download 1.46 Mb.
bet206/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Gapirish (dialog, monolog) kompetensiyasi bo’yicha:
A1 daraja (dialog) – zarurat tug’ilganda sodda savollar bera olishi va shunday savollarga javob qaytarishi, suhbatdoshi kursant gapirgan gaplarni takrorlaganda to’g’rilaganda kursantga katta yordam bo’lishi ko’zda tutiladi.
Monolog - yashayotgan manzili va tanish kishilarni sodda gaplar bilan ta’riflay olishi, shuningdek, do’kon va mehmonxonalarda ishlatilishi mumkin bo’lgan gaplarni gapira olishi lozim.
A2 daraja (dialog) – kundalik hayotga taalluqli murakkab bo’lmagan va tanish mavzularda muloqotga kirisha olishi, ba’zida yaxshi tushuna olmasada muloqotni davom ettirish uchun o’ziga yoqqan va yoqmagan narsalar haqida gapira olishi, istaklarini sodda tilda bayon eta olishi kerak.
Monolog - oila, kundalik hayot, turmush tarzi, ta’lim olgan muassasalari va kasbini ta’riflash uchun so’z va iboralar tanlay olishi, ular yordamida gapira olishi lozim.
B1 daraja (dialog) – kursant o’rganayotgan chet tilida xuddi ona tilida gaplashgandek gaplasha oladigan kishilar bilan kundalik mavzularda suhbat qura olishi, oila, xobbi, kasbiy faoliyat kabi mavzulardagi suhbatlarga osonlikcha qo’shila olishi hamda o’z fikr-mulohaza, his-tuyg’u va taassurotlarini ayta olishi kerak.
Monolog - kursant sodda gaplar bilan voqyea-hodisalar, tanish vaziyatlar va mavzularni sodda tasvirlab, ular haqida bevosita axborot bera olishi, orzu-istak va niyatlarini ifodalay olishi, mutaxassislikka oid asarlar yoki film syujetlarini gapirib, taassurotlarini ifoda eta olishi lozim.
Amaliy mashg‘ulotlar bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashni, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, o‘quv materiallarni umumlashtirish, mantiqiy fikr-mulohaza yuritish, aniq va qisqa javoblarni tuza olish va ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishni maqsad qiladi. Mashg‘ulotlar o‘quv auditoriyada o‘tkazilib ular davomida pedagogic texnologiyalardan samarali foydalaniladi.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim olish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
O’zim haqimda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi AKT va AHI haqida. Kun tartibi. Jismoniy tayyorgarlik. AQSH qurollari. O’zbekistonning mashhur kishilari. Mening tug’ilgan shahrim. Fasl va ob-havo. Mening do’stim. Mening qiziqishlarim.
Mustaqil ishlash davomida kursantlar: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) va ko’rgazmali vositalar tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; insho yozish va h.k.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling