V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
Umumqo’shin tayyorgarligi fani bu shahsiy tarkibni, qo’shilmalar va bo’linmalar, shuningdek, ularning boshqaruv organlarini jangga tayyorgarlik ko’rish va uni olib borishga o’qitiladi. Ushbu fan qo’shinlarning jangovar tayyorgarligining asosiy fani hisoblanib kursantlarning zamonaviy janglarda amaliy harakatlarda tayyorligini, ularning dala o’quv malakalarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi. (bilim)
jangovar nizom holatlariga ijodiy yondashgan holda, o‘ziga xos va dadillik bilan qaror qabul qilish va jangovar tayyorlikni namoyon qilish, guruh va vzvod, batalonda jangni tashkillashtirish va jangda mohirona boshqarish, bo‘linmalar shtatidagi qurol-aslaha va ularning jangovar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, topografik xaritalarni o’qish va ularda o’lchash,
xaritasiz joyda va xarita bo’yicha jang maydonida yayov (piyoda), jangovar mashinada, kecha va kunduz ishonchli oriyentir olish, alohida nishonlarni, o’z qo’shin obyektlarini va dushman qo’shinining xaritada koordinatasini tez va aniq topish, nishon ko’rsatishni amalga oshirish; o‘rganilayotgan qurol namunalarining jangovar imkoniyati, tuzilishi va vazifasini, o‘qotar qurollarni jangovar shay holatga keltirish tartibini, o‘qotar qurollardan otish asoslari, usullari va qoidalarini, otish kursining asosiy talablarini; otish vaqtida xavfsizlik choralarini bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi; (ko’nikma)
zamonaviy umumqo’shin jangida jangovar iashinalar qurol-aslahalari, guruhiy va uq-otar qurollarni qshllash bo’yicha mustahkam nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lgan, harbiy ilm va texnikalarni yangi yutuqlarini biladigan amalda qo’llay oladigan, chuqur fikrlay oladigan, jangovar nizomlar talablarini ijodiy qo’llay oladigan, shuningdek o’zining mustahkam fikriga ega bulgan, mustahkam irodali, tashabbuskor, chet el armiyasi bo’linmalari tashkiliy tarkibi, qurollari va jangovar texnikalarini, jangovar vazifalari va imkoniyatlarini, mavjud qurol-aslahalarining taktit-texnik xususiyatlarini va amaliy ko’nikmaga ega bo’lishi kerak. (malaka).
|