O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


Download 1.46 Mb.
bet94/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
4- kurs 8- semestr
1- mavzu. «Aloqa - jangda boshqaruvning asosi».
Jangda bo‘linmalarni boshqarish usullari. Aloqaga bo‘lgan talablar. Aloqaning asosiy vazifalari. Umumqo‘shin janglarida aloqani tashkillashtirishning asosiy prinsiplari.
2- mavzu. «Aloqa bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilishi, asosiy qurol va texnikalari, jangovar imkoniyatlari».
Aloqa qo‘shinlarining tuzilishi va vazifalari. Umumqo‘shin aloqa bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilishi, asosiy qurol va texnikalari, jangovar imkoniyatlari. Artilleriya, havo hujumidan mudofaa qism va bo‘linmalarining aloqa bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilishi, asosiy qurol va texnikalari, jangovar imkoniyatlari.
3- mavzu. «Motoo‘qchi batalyoni mudofaa jangida aloqani tashkillashtirish»
Motoo‘qchi batalyoni mudofaasida aloqani tashkillashtirishga ta`sir etuvchi taktik shart-sharoitlar. Motoo‘qchi batalyoni bevosita to‘qnashuv mavjud bo‘lmagan holatidan mudofaaga o‘tishida aloqani tashkillashtirish. Motoo‘qchi batalyoni bevosita to‘qnashuv holatidan mudofaaga o‘tishida aloqani tashkillashtirish. Motoo‘qchi batalyoni qo‘mondonlik-kuzatuv punktining tarkibi va joylashishi.
Vazifani aniqlashtirish. Jangovar farmoyish, aloqa bo‘yicha farmoyishlar bilan tanishib chiqish. Batalyon shtab boshlig‘idan aloqani tashkillashtirish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatmalarni olish. Mudofaa jangida aloqani tashkillashtirish bo‘yicha vazifalarni aniqlashtirish.
Vaziyatni baholash. Dushmanni baholash. O‘z bo‘linmalarini baholash. Joyni baholash. Vaqtni baholash.
Aloqa kuch va vositalarini vazifalar bo‘yicha taqsimlash. Aloqani ta’minlash kerak bo‘lgan asosiy va boshqa yo‘nalishlsrni belgilab olish. Aloqa kuch va vositalarini qo‘mondonlik-kuzatuv punkti mansabdor shaxslariga biriktirish. Radio va simli aloiqa vositalarini boshariluvchi ob’yektlar va aloqa yo‘nalishlariga taqsimlash.


Aloqani tashkillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Aloqa kuch va vositalarining butlanganligi va holati. Batalyon aloqa tizimi tarkibi va tuzilishi. Turli vositalar bilan aloqani tashkillashtirish. Zahira tarkibi va joyi. Aloqani tizimini ishga tayyor bo‘lish vaqti.
Aloqani tashkillashtirish bo‘yicha takliflarni ma’ruza qilish. Aloqa kuch va vositalarning butlanganligi va shayligi. Aloqa tizimining tarkibi. Jangning turli bosqichlarida aloqani tashkillashtirish. Aloqa zahirasining tarkibi va joyi. Aloqaning shaylik muddati.
Aloqani tashkillashtirish chizmasini ishlab chiqish. Yuqori shtab, bo‘ysinuvchi va hamkorlik qiluvchi bo‘linmalar boshqaruv punktlari. Yuqori shtab bilan aloqa. Batalyon komandiri va shtabi aloqasi. Qo‘shin turlari aloqasi. Maxsus qo‘shinlar bo‘linmalari aloqasi. Hamkorlik aloqasi. Front orti va texnik bo‘linmalari aloqasi.
Ishchi xaritasini rasmiylashtirish. Xaritaga qo‘shinlar holati, jangovar tartibning asosiy elementalari va ular bilan batalyon qo‘mondonlik punktidan o‘rnatiladigan aloqalarni tushirish. Aloqani tashkillashtirish chizmasi, aloqa vositalarining hisobi, signallar, shartli nnomlanishi va boshqa ma’lumotlarni kiritish.
Taktik letuchka. Mudofaa jangi davomida izdan chiqqan aloqani tiklash bo‘yicha batalyon aloqa boshlig‘i tomonidan qaror qabul qilish.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling