O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi
- davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlarining
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish ; - banklar depozitlarining majburiyatlariga nisbatini
- davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlarining bank tizimi jami aktivlaridagi
ulushini joriy 16 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 60 foizgacha oshirish; - banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining umumiy majburiyatlardagi ulushini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish; - davlat ulushiga ega kamida uchta bank kapitaliga 2025 yilga qadar yetarli tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish; - umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish; - banklar depozitlarining majburiyatlariga nisbatini joriy 41 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 50 foizga oshirish; - banklarning xorijiy valyutadagi majburiyatlarining jami majburiyatlardagi ulushini joriy 58 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan. Mamlakat bank-moliya sektori rivojlanish darajasi va barqarorligini baholash maqsadida 2024 yilning yakuniga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholash nazarda tutilmoqda. 13 II-BOB. O‘zbekistonda bank tizimini rivojlantirish istiqbollari Bankni rivojlantirish istiqbollari Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev O‘zbekiston bank tizimi holati haqida umumiy ma’lumot berib, uni rivojlantirishning istiqbolli bosqichlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xedj-fond tashkil etilmoqda, valyuta kreditlarini jalb qilishda esa «ehtiyotkorlik siyosati» olib boriladi. 2025 yilda bank sektoridagi hukumat ulushini 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan. O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev 26 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumida mamlakat bank tizimi haqidagi taqdimotini namoyish qildi. «Gazeta.uz» undagi asosiy fikrlarni keltirib o‘tadi. O‘zbekiston bank tizimida 33 ta bank, jumladan, 12 ta davlat ulushiga ega, shuningdek, 15 ta xususiy va 5 ta xorijiy banklar mavjud. 1 noyabr holatiga ko‘ra, banklar aktivlari 39 mlrd dollarni (419 trln so‘m) tashkil etib, ularning 82 foizi davlat 14 banklariga tegishli. Banklarning majburiyatlari 33 mlrd dollarga (352,6 trln so‘m) yetdi, shundan 40 foizini depozitlar tashkil etadi. Banklarning umumiy kapitali 6,2 mlrd dollar (66 trln so‘m) darajasida bo‘lib, shundan 81 foizi davlat banklari kapitaliga to‘g‘ri keladi. 15 Banklarning moliyaviy barqarorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davrida risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarning o‘sishi 21 foizga — 317 trln so‘mdan 383 trln so‘mga, jami kapitalining o‘sishi 14 foizga — 66 trln so‘mga yetdi. Kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti 1,2 foizga tushib, 17,2 foizni tashkil etdi, bu minimal talablarga javob beradi», — dedi Abrorxo‘ja Turdaliyev. «Shu bilan birga, kapital zaxirasi 1,5 mlrd dollarni tashkil etadi, bu esa sof NPL (muammoli kreditlar)ni 1,6 barobarga qoplash yoki kredit portfelining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha zaxiralar yaratish imkonini beradi», — dedi u. 16 1 noyabr holatiga banklarning kredit portfelidagi qoldiq 30 mlrd dollarga teng bo‘ldi. 10 oy davomida o‘rtacha 14 foizga o‘sish kuzatilgan, jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi esa 22 foizga oshgan. 17 18 Markaziy bank rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining likvidlik ko‘rsatkichi «yetarli darajada yaxshi». Xususan, qisqa muddatli likvidlik koeffitsiyenti (LCR) 167 foizga yetdi, bu eng kam tartibga solinadigan talabdan 67 foiz punktga yuqoridir. Uzoq muddatli likvidlik koeffitsiyenti (NSFR) — 113%, banklarning umumiy aktivlarida yuqori likvidli aktivlarning ulushi 15% ni tashkil qiladi. Abrorxo‘ja Turdaliyev O‘zbekiston banklarining rentabelligiga ham to‘xtaldi. 1 noyabr holatiga bank sektorining sof foydasi 364 mln dollar darajasida qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga ko‘p hisoblanadi. Karantin cheklovlarining joriy etilishi va aholi daromadlarining pasayishi sharoitida O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikni va butun bank tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar muddatini uzaytirish uchun shart-sharoit yaratdi, kreditlar muddatini uzaytirish ta’sirini neytrallash va likvid resurslarni qisqartirish uchun banklarni zarur likvidlik bilan ta’minlash maqsadida pul-kredit siyosatining qisqa va uzoq muddatli vositalarini joriy etdi. 19 «Natijada kutilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, muddatlarni uzaytirish amaliyoti kreditlar bo‘yicha to‘lov intizomining buzilishiga va kredit riskining oshishiga, muammoli kreditlarning ko‘payishiga olib keldi. Bu muammoli kreditlar o‘sishiga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘lganini aytgan bo‘lardim», — dedi Abrorxo‘ja Turdaliyev. Markaziy bank rahbari o‘rinbosarining aytishicha, NPL (muammoli kreditlar) yil boshidagi 2,1 foizdan iyul oxiriga kelib 6,2 foizga oshgan. Noyabr oyi boshida muammoli kreditlar ulushi 5,7 foiz yoki 1,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarning NPL ulushi yil boshidan buyon o‘sishda davom etmoqda. 20 Bugungi kunda banklarning kredit portfelining dollarlashuv darajasi 50 foiz, majburiyatlar 57 foiz darajasida bo‘lib, bu milliy valyuta kursining sezilarli darajada qadrsizlanishi bilan bank sektorining valyuta riski va zaifligining oshishiga olib keladi. Dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xorijiy valyutadagi kreditlarni milliy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha maxsus xedj- fond tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi risklarni hisobga olgan holda xorijdan so‘mdagi uzoq muddatli resurslarni jalb etish, shuningdek, xorijiy valyutadagi resurslarni jalb qilishda «ehtiyotkorlik siyosati»ni yuritish ko‘zda tutilgan. Ikki yil ichida O‘zbekistonda uchta raqamli bank (TBC Bank, Anor Bank, Apelsin Bank) va masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan 32 ta fintex- kompaniyasi tashkil etildi. Tadbirkorlar o‘z to‘lovlarining 85 foizini masofadan turib amalga oshiradilar (2017 yildan beri 7 barobarga o‘sgan). Sakkizta bank raqamli identifikatsiya mexanizmidan (Face ID) foydalanmoqda, qolganlari esa testlarni yakunlamoqda. 21 2025 yilda O‘zbekiston bank tizimidagi xususiy sektor ulushini hozirgi 18 foizdan 60 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. «Markaziy bank nazorat yukini yengillashtirish bo‘yicha o‘zining liberal siyosatini davom ettirish niyatida, bu tizimning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazmagan holda progressiv bank sektorini shakllantirishga xizmat qiladi», — deya qayd etdi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling