O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet122/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Azaliy buyuklik maskani

Aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Qadrli samarqandlik birodarlar!


Avvalo, bugungi fayzli va tarixiy bir kunda shahri azim Samar-qandga, barcha viloyat ahliga beqiyos hurmatimni, farzandlik meh-rimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Ajdodlarni xotirlash, ularning ruhini shod etish xalqimizning azaliy udumidir. Bu muqaddas an'ana avlodlarni ezgulikka, o'tganlar oldidagi vorislik burchini ado etishga chorlaydi.
Bugun siz bilan ana shunday qutlug' daqiqalarda uchrashib tu-ribmiz. Fursatdan foydalanib, iymon-e'tiqodli faxriylarimizga, Sa­marqand ahliga, ulug' bobokalonimiz Amir Temur arvohini shod etish uchun yig'ilgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Aziz do'stlar!
Qachonki, biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, sohib­qiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz.
Chunki Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi.
Samarqand - xalqimiz, millatimiz dovrug'ini butun dunyo­ga taratgan, ming-rning yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir.
Samarqand - o'tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir.
Samarqandning ana shu olamshumul shuhratiga, tengsiz saloba-tining yuksalishiga, shonli tarixiga beqiyos hissa qo'shgan zot bobo-miz Amir Temurdir.
XIII asrning birinchi yarmida Samarqand bosqinchilar zulmi tu-fayli xarobalikka yuz tutgan, qal'alar, masjidlar, madrasalar qarovsiz qolgan edi. O'sha zamonda yurtimizga kelgan bir arab sayyohining shohidlik berishicha, Samarqand shunday huvillab yotardiki, avvalgi aholisining chorak qismi qolgan, me'moriy obidalar vayronaga aylan-san ariqlar ko'milib ketgan, shahar suvsiz, bog'lar qurib bitgan edi.
Sohibqiron bobomiz ana shunday murakkab bir davrda taxt te-pasiga keldi.
TJ Samarqandning gullab-yashnashi uchun butun umrini sarf
etdi.
Bobokalonimiz Samarqandni jahondagi eng katta va qudrath davlatning poytaxti sifatida buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go'zal va obod bo'lishini har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgan edi. Bu ezgu niyat Samarqand qiyofasida o'z ifodasini topdi.
Hazrati Temur butun dunyodan va o'z yurtimizdan mohir me'morlarni, qo'li gul hunurmandlarni o'z poytaxtini barpo etish­ga jalb qildi, ularni ana shu olijanob maqsad yo'lida birlashtirdi. Ularning salohiyat va aql-zakovatini safarbar etib, ijodlariga il-hom bag'ishlab, olamda tengi va o'xshashi bo'lmagan me'moriy mo'jizalarni bunyod qildirdi.
Samarqandning moviy gumbazlari, osmono'par minorala-ri, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqsh-u nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko'tarib qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi.
Bugun biz Amir Temur bobomiz buyuk bunyodkorlik rejala-rini noyob obidalarda bekam-u ko'st mujassam etib, Samarqand­ni yer yuzining mo'jizasiga aylantirgan Badriddin ibn Shamsiddin usta AH Nasafiy, Olim Nasafiy, Mavlono Ubaydulloh, Pirmuhammad Bog'ishamoliy, Mavlono Junays singari yuzlab-minglab me'mor-u muhandis ajdodlarimizni, hunarmand ustalarimizni ham eslab, ular­ning san'atiga tasannolar aytamiz.
Sohibqiron bobomiz dahosining sharofati bilan shahri azim Sa­marqand yer yuzining sayqaliga aylandi.
Bu oliy unvon shunchaki aytilgan chiroyli gap emas. Temuriylar saltanatining markazi, temuriylar qudratining timsoli bo'lmish bu ta-barruk maskan olamning yetti iqlimida ma'lum-u mashhur bo'ldi.
Dunyoning turli mamlakatlaridagi ne-ne odamlar Samarqandni bir bor ko'rishni, uning muqaddas tuprog'ini tavof etib, aziz-aziz av-Hyolarning xoki poylarini ziyorat qilishni o'zlari uchun ulug' sharaf deb bilganlar. Jahonning barcha hududlaridan ilmtalab, ma'rifattalab insonlar Samarqand sari intilganlar. Chunki dunyoning eng katta va boy kutubxonalari, o'sha zamonning eng ulug' dorilfununlari - mad­rasalar, eng mashhur allomalar aynan shu yerda, mana shu zaminda faoliyat ko'rsatar edi.
Xalqimiz, shu jumladan, Samarqand ahlining bugungi hayoti-miz va ertangi istiqbolimiz yo'lida qilayotgan mehnati, fan va ma­daniyat namoyadalarining izlanishlari sohibqiron davridagi o'sha olamshumul ishlarning uzluksiz davomidir. Bularning barchasi Sa­marqandning shuhratiga shuhrat qo'shyapti, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.
Samarqand nafaqat muqaddas obidalari va betakror tarixiy mo'jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng qimmatli boyligi - bag'ri keng, qalbi go'zal mehnatkashlari bilan butun dunyoda mashhur.
Aziz birodarlar!
Bugun Amir Temur to'yini nishonlashimizning, unga haykallar tiklashimizning, temuriylar davri me'moriy yodgorliklarini ta'mirlab obod etishimizning, u zoti sharifga bo'lgan ehtirom va muhabbati-mizning sababi bitta:

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling