O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar! Qadrli oqsoqollar, muhtaram ulamolar! Bugungi muborak juma tongida Alloh taolo barchamizni yana bir xayrli kunga yetkazdi. Sohibqiron bobomiz - hazrati Amir Temur ruhini shod qilib, u zot tavalludining tabarruk 600 yilligini nishonla-moqdamiz. Biz bugun muqaddas islom dinimiz buyurgan bir farzni - o'tgan ajdodlarimizning ruhlarini xotirlash va shod etishdek ezgu burchi-mizni ado etmoqdamiz. Muazzam poytaxtimiz Toshkent markazida ulug' Amir Temur nomi bilan ataluvchi go'zal xiyobonda yana bir tarixiy voqeaning guvohi bo'lib turibmiz. Sohibqiron bobomiz va uning shavkat-li avlodlariga bag'ishlab bunyod etilgan muhtasham koshonaning ochilishi marosimida qatnashmoqdamiz. Bugungi marosim ota- bobolarimizdan qolgan qadimiy odatlarga binoan xatmi Qur'on bilan boshlandi, yurtga osh tarqatilib duoi takbirlar qilindi. Ko'pning duosi - ko'l, degan naql bor xalqimizda. Umid qila-mizki, shu qutlug' ayyomda pokiza niyat bilan qilgan xayrli amalla-rimiz, olijanob tilaklarimiz tangrimiz dargohida qabul bo'lg'usidir. Chunki ulug' bobolarimizning ruhlarini shod etsak, ularning ar-vohlarini rozi qilsak, yurtimizga fayz, qut-baraka yog'iladi, xalqimizning rizqi butun, iymoni mustahkam bo'lg'ay, inshoolloh. Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug' qozongan, millatimiz faxri bo'lmish ulug' zotlar benihoya ko'p. Ammo ular qatorida yulduzlar aro quyoshday charaqlab turgan bir buyuk zot borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida be-had yuksak o'rin tutadi. Ul muhtaram inson sohibqiron Amir Temur hazratlaridir. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Va-tan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamnafas bo'lib bormoqda. Buyuk shaxslarni tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo'shimcha qilib sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko'zgusidan o'tkazib, buyuk shaxslarni millat qayg'usi, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin. Umrining mazmunini «Millatning dardlariga darmon bo'lishdan iborat», deb bilgan Amir Temur xalqimizning ana shunday ardoqli, ulug' farzandidir. Muhtaram jamoat! Hammamiz yaxshi bilamizki, tarixda mashhur jahongirlar ko'p o'tgan. Lekin ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma'naviyat va ruhoniyat homiysi bo'lgan?! Bugun - hayotimizning barcha jabhalarida adolat va haqiqat qaror topayotgan tarixiy bir davrda shu flkrni alohida ta'kidlashni istar edim: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling