O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet136/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Birinchi xulosa shuki, hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, shu erkin, osuda hayotni ko'rolmaydigan, hasad va fitna bilan yashaydigan, zo'ravonlik bilan o'z hukmronligini o'rnatishga, xalq tinchini buzishga urinadigan yovuz kuchlar hamisha bo'ladi.
Bu - hayot. Bu - hayotning achchiq haqiqati. Uni hech kim in-kor etmaydi. Buni nafaqat o'z tariximiz va hayotimizda, balki bosh­qa xalqlar tarixi va hayoti misolida ham ko'rish mumkin.
Ikkinchi xulosa shuki, hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, o'zining tug'ilib o'sgan, ota-bobolaring xoki yotgan, ertaga farzand-laring kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, zarur bo'lsa, bu yo'lda jon fido etishga tayyor turish kerak.
Uchinchi achchiq xulosa shuki, har qaysi el, har qaysi yurt chetdan keladigan yovuz ofatdan ko'ra, o'z ichidan chiqadi-gan sotqin, imonsiz, o'zining manfaatini hamma narsadan ustun qo'yadigan, kerak bo'lsa, eng yaqin kishilarni ham sotadigan, o'zini o'stirgan, voyaga yetkazgan Vataniga qo'l ko'taradigan qa-bih kimsalardan nihoyatda ehtiyot bo'lishi kerak. Bunday kuchlar, razil shaxslarning kibr-u havosi, manfur maqsadlari el-yurt tinchli-gi va taraqqiyotga qanday xavf-xatar ekanini bugungi hayotimizda ko'rib turibmiz.
Takroran aytaman, bu nafaqat kechagi tariximiz, balki bugungi hayotimiz bilan hamohang achchiq saboqdir.
Yana bir saboq shuki, el-yurt va davlat uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayg'uradigan, odamlarning ezgu niyatlarini o'ziga oliy maqsad qilib qo'ygan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib, turli balo-qazolardan asrash uchun safarbar eta oladigan shaxslargina tarixda o'chmas nom qoldiradi. Bu - haqiqat.
Jaloliddin Manguberdi ana shunday mardlarning yorqin timsoli va ibratli namoyandasidir.
Sulton Jaloliddinning bizga qoldirgan yana bir da'vati shuki, u barchamizni ona yurtimizning beg'ubor osmonimizni va osuda ha­yotini qadrlashga, о'sib kelayotgan, ertaga bizning o'rnimizni egal-laydigan, dunyoda hech kimdan kam bo'lmagan farzandlarimizning kelajagini, baxt-saodatini himoyalashga, yorug' istiqbolga intilib yashashga chorlaydi.
Qadrli vatandoshlar!
Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o'lkasi bo'lgan, jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo'shgan ulug' zotlar vatani, «Avesto»dek o'lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq -Xorazm zamini butun dunyoga ma'lum va mashhur.
Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshoh-u sarkardalar, botir va pahlavonlarni ko'p ko'rgan. Ular orasida milliy qahramoni-miz Jaloliddin Manguberdining betakror nomi yulduzdek charaqlab turadi.
Sulton Jaloliddin siymosi nafaqat Xorazm, balki butun O'zbe­kistonning faxr-u g'ururidir. U bizning ozodligimizga, istiqlolimiz-ga tajovuz qilmoqchi bo'lgan har qanday yovuz kuchga qarshi tik turib kurashishga, mardona zarba berishga qodirligimizning tasdig'i va timsolidir.
Bu bahodir zotning muborak nomi, uning qahramonligi kelajak avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga, tarixiy xotira oldida boshi-mizni mag'rur tutib yashamog'imiz uchun to'la huquq beradi.
Aziz yurtdoshlarim!
Aziz qadrdonlarim!
Shu hayajonli, unutilmas lahzalarda dunyoga Manguberdi kabi qahramon o'g'lonlarni bergan Xorazm eliga, butun xalqimizga ta'zim qilaman.
Biz bugun yurtimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasini hurmat-lab, muazzam yodgorlik majmuini bunyod etdik. Ko'rib turganingiz-dek, bu ulug'vor haykal timsolida mard va jasur sarkarda, zo'r iroda, beqiy°s matonat sohibi bo'lgan buyuk insonning so'nmas shijoati mujassam topgan.
Bu go'zal yodgorlik obidasini barpo etishdek xayrli ishga hissa qo'shgan muhandis va me'morlarga, mohir ustalarga, quruvchi va bog'bonlarga chin qalbimdan samimiy tashakkurlar bildirishga rux-sat bergaysizlar.
Bizning buyuk ajdodlarimizga ko'rsatayotgan hurmat-ehtiromimizdan, ozod va obod Vatan, faro von jamiyat qurish bora­sidagi ezgu ishlarimizdan, jamiki aziz bobolarimiz qatori, Jaloliddin Manguberdining ham ruhi poki shod bo'lg'ay, inshoollo.
Ishonchim komilki, ularning o'lmas ruhi bilan charog'on xona-donlarimizda bugun voyaga yetayotgan minglab jaloliddinlar yurti-mizga mehr-u sadoqat bilan xizmat qilib, uni dunyoga tarannum etadi.
Ishonchim, komilki, Manguberdining beqiyos jasorati yurti-miz tinchligi, xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ko'z qorachig'idek asrab kelayotgan dovyurak askarlarimiz, el-yurt pos-bonlari, jasur o'g'lonlarimiz siymosida davom etaveradi.
Ishonchim komilki, dunyoga buyuk farzandlarni bergan, kindik qoni tomgan zaminni, ajdodlarining muqaddas mozorlarini jonidan ham ortiq ko'radigan, o'z vataniga butun borlig'ini baxsh etishga hamisha tayyor turadigan, qadoq qo'llari bilan tuproqdan oltin undi-rayotgan bunday xalqning obro'-e'tibori va hurmati oshaveradi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Vatan va xalq ozodligi yo'lida jon fido etgan qahramonlarga shon-sharaflar bo'lsin!
Ana shunday bahodirlarni kamolga yetkazgan Ona xalqimiz
mangu yashasin! Aziz do'stlar!
Bugun Xorazm zaminida qo'shaloq bayram. Viloyat dehqonlari, butun Xorazm ahli lafzi halolligini yana bir bor isbotlab, o'z zim-masiga olgan majburiyatlarini, Vatanimiz uchun «oq oltin» bo'lmish paxta tayyorlash rejalarini sharaf bilan bajardi. Mana shu ulkan g'alaba bilan siz azizlarni, siz orqali butun Xorazm ahlini chin qal­bimdan tabriklashga ruxsat bergaysizlar.
1999-yil 5-noyabr, Urganch shahri

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling