O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
1997-yil 20-oktabr.
Buyuk allomaga yuksak ehtirom Bismillohir rohmanir rohim. Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim! Muhtaram mehmonlar! Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o'chmas iz qoldiradigan muborak va munavvar kundir. Bugun ulug' ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish, bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod etish kunidir. O'ylaymanki, bu yerga yig'ilgan jamoat, al-Buxoriyning mo'tabar xokini ziyorat qilish sharafiga muyassar bo'lgan mo"min-musulmonlar, torn ma'noda baxtiyordirlar. Aziz do'stlar! Bu kabi tantanalarni o'tkazishdan ko'zlangan niyat va maqsad-larimiz haqida, muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to'g'risida ikki og'iz so'z aytishga ijozat bergaysizlar. Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob tushuncha yotadi. Savob - ulug' insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak. Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-u yurtiga albatta 01-lohning rahmatlari yog'iladi. Muqaddas qur'oniy oyatda ta'kid-langanidek, «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir». Biz ezgu ishlarni qancha ko'p qilsak, ulug' ajdodlarimizning izzat-ikromini joyiga qo'ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum etsak, Yaratganimizning o'zi bizni balo-qazolardan asraydi, biz-ga kuch-qudrat ato etadi, yo'limizni ochib beradi. Aziz yurtdoshlarim! Biz muhim savolga javob izlab ko'raylik: OUoh taolo qaysi yurt-da, qaysi tuproqda mana shunday ulug' zotlarni dunyoga keltiradi? Parvardigori olam buyuk zotlarni O'zi aziz etgan joylardagi-na dunyoga keltiradi. Bunday yurtlar esa yer yuzida sanoqli. Biz cheksiz shukronalik bilan aytamizki, ona Vatanimiz Ollohning na-zari tushgan ana shunday muqaddas diyordir. Yurtning muqaddasligi nima bilan belgilanadi? Butun umrini iymon va e'tiqod, vatanparvarlik va insonparvar-lik, poklik va halollik, ilm va ma'rifat, adolat va diyonat yo'lida fido etgan zotlaming mo'tabar xoklari makon topgan zamingina muqad-dasdir. Agar shunday insonlar bo'lmasa, ular dahosining nafasi sezi-lib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo'lib qolaveradi. Qadrli do'stlar! Nima uchun biz kelajagimizning yorug' va faro von bo'lishiga qat'iy ishonamiz? Xalqimizni, ayniqsa, о'sib kelayotgan navqiron avlodimizni nega aynan shu e'tiqod asosida tarbiya etmoqdamiz? Bu murakkab va qaltis zamonda yo'limizda og'ir sinov va to'siqlar duch kelganda, ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz mashaqqatlar holdan toydirganda ham biz kuch-qudratni qayerdan olamiz? Eng avvalo Olloh taoloning bizga ko'rsatayotgan marhamatidan olamiz. Mana shunday vaziyatlarda bizga metin iroda, sabot-matonat, g'ayrat va jasorat baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba bor. Bu manba - ulug' ajdodlarimizning qonimizda jo'sh urayotgan azm-u shijoatidir. Bu manba - al-Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudratidir. Bu manba - ularning bizga hamisha madadkor bo'ladigan o'lmas ruhi poklaridir. Ana shu haqiqat, ana shu e'tiqod vatandoshlarimiz, aziz farzand-larimiz yuragiga, ong-u shuuriga, tafakkuriga tobora teran singib bormoqda. Biz komil ishonch bilan, O'zbekistonning istiqloli boqiy, istiq-boli buyuk, der ekanmiz mana shunday mustahkam asoslarga taya-namiz. Muhtaram jamoat! Qadrli mehmonlar! Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning eng fojiali, eng og'ir davrlarida ham, mustabid tuzum changali-da bo'lgan paytimizda ham, bizni dinimizdan ayirishga, unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech qachon o'z islomiy e'tiqodidan qaytmagan. Boshiga qilich kelganda ham ota-bobolarining muqaddas dini bo'lmish musulmonchilikka hamisha sodiq qolgan. Biz, shioriy ezgulik bo'lgan butun dunyodagi ahli islom qatori, dinimizni doimo рок va sof saqlashga intilib kelganmiz. Va bu yo'ldan aslo qaytmaymiz. Shuning uchun ham dinimizdan har xil g'arazlik va порок maqsadlar yo'lida foydalanishga mutlaqo qarshimiz. Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qila-digan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbayi bo'lib qolishiga ishonaman. Aziz birodarlarim! Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o'zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti torn ma'nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so'nmas e'tiqod timsolidir. Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslim-ning al-Buxoriyga qarata: «Ey, ustozlarning ustozi, muhaddislarning sultoni, hadislarning tabibi! Poyingizni o'pishga ijozat bering!» deya qilgan xitobi ahli islomning ulug' bobomizga hurmat va e'tirofi naqadar yuksakligini ko'rsatadi. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma'naviy me-ros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji - eng ishonchli hadislar to'plami - «Al-Jome' as-Sahih» islom dinida Qur'oni Karimdan key in e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonla-rining e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'idir. Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo'liga chorlab kel-moqda. Yaratganimizga shukurlar bo'lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug' ajdodlarimiz el-yurti bag'riga qaytmoqda. Allo-maning o'lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg'ulari bilan musaffo etmoqda. Muhtaram birodarlarim! Biz eski tuzum, eski mafkura tuzumidan xalos bo'lgach, o'zligimizni, qanday ulug' insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma'naviy meros vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash yo'lida tarixda iz qoldiradigan ko'pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik. Shular qatorida ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha'n-shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go'shaga, ziyoratga kelgan mo'min-musulmonlarga ruhiy-ma'naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik. Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo'lgan shu qut-lug' kundan men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki zi-yoratgoh emas, balki go'zal O'zbekistonimizni butun dunyoga ta-nitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o'ylantiradigan aziz maskan bo'lib qolishiga ishonaman. Keyingi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham imorat va inshootlarni bunyod qilishda milliy an'analarimizga, me'morchilik san'atimizning o'ziga xos va o'ziga mos uslub va naqsh-u ziynatlaridan foydalanishga alohida e'tibor berilmoq-da. Mamlakatimiz ko'rkiga ko'rk qo'shadigan bunday betakror va ko'rkam binolar har bir yurtdoshimizni mamnun etishi, yuragida g'urur uyg'otishi tabiiy dir. Istiqlol davrida mana shunday loyihalarni tuzish va amalga oshirishda bosh bo'lib turganimdan, shu olijanob ishlarga hissa qo'shish nasib etganidan ko'pchilik qatori men ham benihoya mam-nunman. Ayniqsa, al-Buxoriy majmui loyihasining tashabbuskori bo'lganimdan, uning shu shaklda, shu mazmunda barpo etilishida hissam borligidan umrim boricha faxrlanib yuraman. Bu OUoh taolo oldida, ajdodlar ruhi oldida, xalqim oldida mening insoniy burchim edi. Bu qutlug' maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga arziydi. Bu ulug'vor majmua Samarqandu Buxoro, Xiva-yu Toshkent, Andijon-u Namangan, Shahrisabz-u Qo'qon va Marg'ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli viloyatidan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir. Bir so'z bilan aytganda, uning bunyodkori butun O'zbekistondir. Fursatdan foydalanib, ushbu ziyoratgohni obod qilishda jon-bozlik ko'rsatgan quruvchilarga, qo'li gul ustalarimizga, mohir me'morlarimizga, shu ulug' obidaga g'isht qo'ygan, naqsh-u jilo bilan unga sayqal bergan har bir vatandoshimizga, ulug' bobomiz-ga ehtirom bildirib, uzoq-yaqindan yurtimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlarga xalqim nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etaman. Muhtaram jamoat! Ma'lumki, Islom dinining bosh g'oyasi - bu «Lo iloha illallohu, Muhammadun rasulilloh» kalimasidir. Mana shu iymon kalimasini ro'yi zamindagi har bir musulmon qalbiga singdirishda al-Buxoriy beqiyos jasorat ko'rsatdi. Shu sababli ham ul hazratning muborak nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan o'chmagay, inshoolloh. Ushbu saodatli damlarda Imom al-Buxoriy bobomizning ruhi poklari shod bo'lib, qabrlari nuri ilohiyga to'lgan bo'lsin! Samarqand 1998-yil 23-oktabr. Ul muborak zotning poyida duogo'y bo'lib turganlarning, butun xalqimizning, jamiki ahli islomning xayrli va savobli ishlarida Rob-bimizning o'zi madadkor bo'lsin! Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling