O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq


Download 1.87 Mb.
bet129/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq

Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar! Xonimlar va janoblar!


Uzoq-yaqindan tashrif buyurgan qadrli mehmonlar!
Bugun O'zbekiston hayotida buyuk bir sana - shon-u shavkati yetti olamni tutgan, qadimiy va hamisha navqiron Buxoroi sharif-ning 2500 yillik qutlug' to'yini nishonlamoqdamiz.
Mana shu tarixiy voqea bilan siz - bugungi tantana ishtirokchi-larini, Buxoro ahlini, siz orqali butun xalqimizni muborakbod etish-ga ruxsat bergaysiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi tantanalarda qatnashayotgan BMT, YuNESKO vakillariga, xorijiy davlatlar elchilari va vakilla-riga sizning nomingizdan chuqur hurmat va ehtiromimizni bildir-ffl0qchiman.
Buxoro o'lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma'naviy, madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan, sharafli nomga sazovor bo'lgan muqaddas joy-laridan biridir.
Buxoro «qubbatul islom», ya'ni «islom dinining gumbazi» va
buyuk ulamolar so'zi bilan aytganda, «quvvati dini islom», deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida musul-mon dunyosining mo'tabar markazlaridan biri bo'lishidan e'tirofdir.
Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning yigirma besh asrlik yo'lini ko'ramiz.
Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obi-dasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilm-u ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo'lidan darak beradi.
X asrning mashhur tarixchisi, asli buxorolik Abu Bakr Mu­hammad Narshaxiy naql qilishicha, Buxoroga turkiy qabilalar asos solgan bo'lib, bu yerda «suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivor-lar ko'p bo'lganidan kishilarga xush kelib, shu yerga joylash-ganlar». Narshaxiy shuni ham ta'kidlaydiki, eng qadimgi milliy qahramonlarimizdan bo'lmish Alp Erto'nga (Afrosiyob) ham aynan Buxoroda dam etilgan.
Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik Kay-xusrav, miloddan avvalgi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqar-nayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.
Bu azim shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G'ijduvon kabi qadimgi kentlarni o'z bag'riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istib-dod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo'lida muttasil qahramo-nona kurashib keldilar.
Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog'ini ko'targan Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Tomir xotun (To'maris), malika Qabaj xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir.
O'tgan ikki yarim ming yil davomida o'zbek davlatchiligini boshqargan qadimiy xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashi-naliylar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, manqitlar sulolalari tariximizda, xu­susan, Buxoroi azimda o'ziga yarasha nom va iz qoldirdilar.
Buxoro, ayniqsa, temuriylar zamonida gullab-yashnadi. Jahon maydonida eng mo'tabar shaharlardan biri darajasiga ko'tarilgan Bu­xoro ham diniy, ham dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi, hazrati Bahouddin Naqshband faoliyati aynan shu yillarda kechdi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling