O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Xiva shahrining 2500 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Xiva shahrining 2500 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq
• Xonimlar va janoblar! Aziz vatandoshlar, muhtaram Xorazm va Xiva ahli! Qadrli mehmonlar! Shu kunlarda yurtimizda juda katta to'ylar va tantanalar davom etmoqda. Kecha Zarafshon vohasida ko'hna Buxoromizning muborak yoshini nishonlagan bo'lsak, mana bugun xalqimiz, millati-mizning yana bir faxri va g'ururi bo'lmish, butun olamga mashhur go'zal Xivamizning 2500 yillik to'yini shod-u xurramlik bilan bayram qilmoqdamiz. Sizlarning barchangizni, avvalombor siz - aziz Xorazm ahlini va butun O'zbekiston xalqini, uzoq-yaqindan kelgan qadrli meh-monlarni ana shu shonli sana munosabati bilan chin qalbdan sami-miy muborakbod etishga ijozat bergaysizlar! Irnkoniyatdan foydalanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, UNESKO vakillariga, xorijiy davlatlar elchilari va vakillariga, ax-borot vositalari vakillariga o'zimning alohida minnatdorligimni bil-diraman. Xiva - bizning jonli tariximiz, bu dunyoga kelib ketgan qancha-qancha saltanatlar guvohi, yurtimizning, xalqimizning, millatimiz-ning mislsiz o'tmishidan, ota-bobolarimizning dahosidan, ma'naviy mulkimizning buyuk iqtidori va qudratidan dalolatdir. Bundan ikki ming yil avval yashagan rimlik tarixchi Pompey Trog turkiy xalq-larning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday deb yozgan: «Baqtiri-yaliklar, so'g'dlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo'yicha misrliklar bilan bemalol bellasha oladi. Ular mehnat-da ham, jang-u jadalda ham o'zlarini ayamaydilar. Jismonan haddan tashqari kuchlidirlar. O'zlariga tegishli biror narsani qo'ldan chiqarishni istamaydilar. Faqat g'alabaga intiladilar». O'zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil mu-qaddam ayni Xorazm vohasida qo'yilgan. Shu ma'noda, milliy dav-latchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Xorazm tarixi o'zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdig'idir. Aziz yurtdoshlarim! Bugun milliy ozodlik uchun kurashimiz tarixidan so'z ketar ekan, birinchilar qatorida buyuk Xorazm o'g'lonlaridan Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonlarimizning nomlarini zikr etamiz. Najmiddin Kubro Vatanimizni Chingizxon bosqinidan ozod qilish uchun jang qilib, qo'lida ozodlik bayrog'ini mahkam tutib jon taslim etgani tarixiy manbalardan ma'lum. Xorazmshohlar sulolasining eng mashhur vakili Jaloliddin ham o'n bir yil davomida mo'g'ullarning g'arbiy o'lkalarga bosti-rib kirishlariga to'siq bo'lib turdi. G'anim oldida bosh egmadi, tiz cho'kmadi, Vatan deya halok bo'ldi. Xorazm va Xiva tarixi xalqimizning yovuz, ilm-fan, san'at, madaniyat va ma'naviyat sohalaridagi yuksalish bosqichlarini o'zida mujassam etadi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» ham aynan Xo-razmda yaratilgani fikrimizning yorqin dalilidir. Bugun bolalarimiz maktablarda va oliy o'quv yurtlarida o'rganadigan algebra, algoritm kabi kashfiyotlarga asos solgan Muhammad Muso al-Xorazmiy bu go'zal voha nomini dunyoga mashhur etgan. Atlantika ummoni ortida Amerika qit'asi borligini Xristofor Ko-lumbdan 500 yil oldin bashorat etib, hattoki uning xaritasini chizib qoldirgan buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy mana shu muqaddas zaminda tug'ilgan. Makkai mukarrama amiri ibn Vaqqos XII asrda yashab o'tgan yana bir buyuk vatandoshimiz - arab tilining mukammal grama-tikasini yaratgan insonni ulug'lab: «Dunyodagi barcha qishloqjar jamlanib, Xorazmning birgina Zamahshar qishlog'iga fido bo'lsa arziydi. Chunki bu qishloq ming yillarda bir marta kelishi mumkin bo'lgan buyuk Mahmud az-Zamahshariydek allomani dunyoga keltirdi», deb tasanno aytgan edi. Bundan ming yil muqaddam odamzod tarixidagi ilk Akademiya-lardan bo'lmish - Ma'mun Akademiyasi Xorazm zaminida tashkil topgani bilan har qancha faxrlansak arziydi, albatta. O'ylaymanki, biz Ma'mun akademiyasini Xorazm zaminida qaytadan tashkil et-sak, ko'p ulug' ish bo'lur edi. Xorazm va Xiva zaminida yashagan Pahlavon Mahmud, Sul-ton Vays, Nosiriddin Rabg'uziy, Sulaymon Bog'irg'oniy, Baho-uddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abulqo-sim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug'anniy, Chokar, Sheroziy, Hojixon, Bola baxshi kabi o'nlab va yuzlab allomalar, shoirlar va san'atkorlar nomini biz - bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga ola-miz va boshimizga ko'taramiz. Biz bugun Xivaning 2500 yillik tarixiga nazar solar ekan-miz, tarixning eng suronli davrlarida ham ajdodlarimiz ozodlikka, ma'rifatga, yaratuvchilikka intilib yashaganlariga guvoh bo'lamiz. Bugun salobat bilan ko'kka bo'у cho'zib turgan tarixiy yodgorliklar, nodir obidalar va osori-atiqalar shundan dalolatdir. Zero, qadim zamonlarda Sharq va G'arbni tutashtiruvchi Buyuk Ipak yo'li mana shu makondan o'tgan. Bu yo'l nafaqat savdo ko'prigi vazifasini bajargan, balki uzoq asrlar davomida turli millat va mazhablarga mansub kishilarni o'zaro yaqinlashtirgan, turli xalq-larning ilm-u fanini, madaniyatlarini o'zaro boyitgan. Har qanday millat ham Xivaday maskanni yaratgan va asrlar mobaynida e'zozlab saqlagani uchun g'ururlanishga haqlidir. Chunki Xiva yurtimizni ziynati bo'lib qolmay, umumbashariy sivilizat-siya uchun ham xizmat qilgan, bundan buyon ham xizmat qiladi. Ichanqal'a va Dishanqal'a majmui, xususan, Sherg'ozixon, Muhammad Rahimxon, Isfandiyorxon madrasalari xalqimizning asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan yuksak salohiyati, nafis mahoratiga, milliy madaniyatimizga qo'yilgan bebaho yodgorlikdir. Aziz vatandoshlar! Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatingizni qaratish-ni istardim. Mustamlakachilik yillarida xalqimizning siyosiy tarixi har tomonlama yerga urib kelindi, ta'qib ostiga olindi. Butun jahonga nomi ketgan allomalarni va mutafakkirlarni savodsiz, johil, ilm-u ma'rifat dushmani deb tahqir etishga urindilar. Barchamizga yaxshi ma'lum: Xivaning madrasalarida ilm-fan cho'qqilarini zabt etgan, mana shu ziyo va bilim maskanlarida ta'lim olgan olim-mutafakkirlar, din peshvolari nafaqat O'zbekiston va O'rta Osiyo tarixida, dunyoning uzoq-uzoq yurtlarida ham o'z mo'tabar nomlarini, o'chmas izlarini qoldirgandir. Buni hech kim inkor qila olmaydi, deb o'ylayman. Ming bora shukronalar bo'lsinkim, adolat yana qaror topdi. Buyuk ajdodlarimizning nomlari yana tiklandi. Vatanimiz tarixida siyosiy jihatdan qudratli, iqtisodiy faro von saltanatlar bo'lganiga va ularda ilm, madaniyat-ma'rifat keng rivoj topganiga bugun hech kim shak keltirolmaydi. Shu ma'noda, xorazmshohlardan Otsiz, Tekish, El Arslon, Sul-ton Muhammad, Xiva xonlaridan Abulg'oziy Bahodirxon, Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning fozil insonlar, ma'rifatli va yetuk siymolar bo'lganlarini eslab o'tishimizjoizdir. Muhtaram do' stlar! Bugungi tantanalar - qadimiy Xivaning 2500 yillik to'yini nishonlashimiz ma'naviy islohotlarimizning uzviy bir qismidir. Xivaning to'yi yosh avlod qalbida o'zligini anglash, bebaho merosimizga vorislik, xalq yaratuvchilik dahosiga hurmat, bunyodkorlik ishlariga rag'bat tuyg'ularini uyg'otishiga ishonaman. Xivaning to'yi xalqimizning o'z o'tmishiga, milliy qadriyatlarga samimiy izzat-ehtiromini yanada kuchaytirmog'i muqarrar. Biz bugun har bir intilish - tashabbusimizda, oldinga qo'yilgan har bir qadamimizda ajdodlarimizning uyg'oq va madadkor ruhini sezib turibmiz. Shu nuqtayi nazardan, Xivaning to'yi faqatgina tariximiz-ning bebaho sahifalarini tiklash, madaniyatimizni boyitish yo'lida xizmat qilib qolmay, balki bevosita oliy maqsadimiz - kelajagi buyuk davlatimiz poydevorini shakllantirib, o'zimizning milliy an'analarimizga suyangan dasturlar asosida taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatorida jahon hamjamiyatiga kirib borishiga xizmat qilajak. Men shuni alohida g'urur va mamnuniyat bilan aytamanki, asriy va betakror obidalar, ming yillik an'analar bilan bir qator-da, Xorazmning yana bir ulug' va ulkan boyligi bor. Bu boylik -shu muqaddas zaminda yashab kelayotgan oq ko'ngil, bag'rikeng, mehmondo'st, lafzi halol insonlardir. Xorazmni Xorazm qilib, uning shuhratiga shuhrat qo'shib, dovrug'ini dunyoga taratayot-gan shu elning aql-zakovati, omilkorligi, bilim va tajribasi, sabot-matonatidir. Qadimdan dehqonchilik madaniyatini gurkirab rivoj lantirgan Xorazmning mirishkor dehqonlari salohiyati to'g'risida alohida to'xtashni istardim. O'zingiz o'ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayoq uzun-ligi 60-70 kilometr, eni 35^0 metr bo'lgan kanallardan iborat mu-rakkab va ulkan sun'iy sug'orish tizimlarini yaratib, dehqonchilik qilgan ko'hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga qoyil qolmay bo'ladimi! Qush uchsa qanoti kuyadigan Qoraqum sahrosi bilan yil o'n ikki oy mardona olishib, har bir tomchi suvni gavhardek avaylab mo'l hosil yetishtirish har qanday dehqonning ham qo'lidan kela-vermaydi. Bunga faqatgina dehqonchilik ilmining piri bo'lib ketgan xorazmlik mirishkorlargina qodir. Agar mendan haqiqiy qahramonlik namunasi nima deb so'-rashsa, xorazmlik oddiy dehqonning har kunlik mehnati qahramon-likdir, deb javob bergan bo'lardim. Mana, bu yil ham Xorazm ahli paxta tayyorlash bo'yicha yillik rejani mamlakatimizda birinchi bo'lib ado etdi. Bu g'alaba haqiqatan ham Vatanimiz nishoni bo'lmish go'zal Xivaning 2500 yillik to'yiga munosib tuhfa bo'ldi. Bugungi mrsatdan foydalanib, siz - aziz Xorazm dehqonlarini, barcha Xorazm ahlini mana shu to'yona bilan yana bir karra mubo-rakbod etishga ruxsat bergaysiz. Buyuk ajdodlar xotirasiga cheksiz hurmat-ehtirom xorazmlik-lar tabiatining o'ziga xos jihatidir. Voha ahli mustaqillik yillarida yana bir ezgu va savob ish bilan mamlakatga namuna bo'ldi: vi-loyatda xalqimizning atoqli namoyandalari sharafiga 20 dan ziyod bog'lar bunyod etildi. Navoiy bog'i, Qodiriy bog'i kabi jozibador go'shalar ijod va yaratuvchilik tuyg'usiga oshno bo'lgan har bir in-sonni bag'riga chorlamoqda. Iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham xorazmliklar shaxdam qadamlar qo'ymoqda. Mamlakatimizdagi eng yirik qand zavodi qu-rilishi jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda, qancha-qancha yangi korxonalar ishga tushmoqda. Urganch aeroporti qayta ta'mirlandi. Urganchdan to Xivaga qadar 34 kilometrli trolleybus yo'li ishga tushdi. Xiva shahri ta'mirlanib, yangi chiroy va sayqal kasb etdi. Bu xayrli ishlari uchun Xorazmning saxovatli quruvchi va me'morlariga, barcha mehnatkashlariga samimiy tashakkur bildirib, ularga sihat-salomatlik, ezgu ishlarida omad tilamoqchiman. Muhtaram do'stlar! Aziz mehmonlar! Biz, O'zbekiston ahli, shuni yaxshi anglaymizki, dunyodagi barcha xalqlarning kelajagi bashariyat o'zining butun tarixi davomida yaratgan buyuk umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, avay-lab asrash va yanada rivojlantirishga bog'liqdir. Yangi ming yillikka qadam qo'yar ekan, ulug' madaniy va ma'naviy an'analarning vorisi bo'lmish bizning xalqimiz o'z istiq-bolini dunyo hamjamiyatiga kirish, butun sayyoramizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan chambarchas bog'langan holda ko'radi. Bugun o'tkazilayotgan tantanalar ham, bu tantanalarda jahon-ning turli mintaqalaridan kelgan buyuk olimlar, tarixchilar, davlat va jamoat tashkilotlari arboblari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yu-NESKO rahbariyatidan vakolatli mehmonlar qatnashayotgani ham buning yaqqol dalolati va isboti, deb bilaman. Xivadagi mangulikka daxldor obidalar o'zbek xalqining nasl-nasabi qadimiy va mo'tabar ekanligini dunyoga ko'z-ko'z qilib tu-ribdi. Biz bundan g'ururlanish bilan bir qatorda, zimmamizda chuqur ma'naviy mas'uliyat yukini ham his etmog'imiz darkor. Bu mas'uliyat - otameros yurtimizni jon-dildan sevish, asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yanada go'zal, yanada obod qiyofada yetkazish burchidir. Shunday muqaddas va mo'tabar diyorda tug'ilishning o'zi katta baxt. Komil ishonch bilan ayta olamanki, bizning ozodligimiz, hurri-yatimiz qudrati bilan butun mamlakatimiz, jumladan, Xorazm vohasi ham hademay o'z taraqqiyotining yangi va yuksak davriga kiradi. Bu tabarruk zamindan yetishib chiqadigan yuzlab xorazmiylar, beruniylar, zamahshariylar o'zlarining tengsiz salohiyati bilan jumlai jahonni hayratga soladi. O'zlariga qanot bergan Xorazm diyori shon-shuhratiga munosib hissalarini qo'shadilar. Bizning bugungi bunyodkorlik ishlarimiz, hayotning barcha so-halarida amalga oshirayotgan islohotlarimiz, buyuk tariximiz, beqiyos ma'naviy merosimiz ana shu ishonchga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Aziz vatandoshlarim, do'stlarim! Xivaning qutlug' to'yi bilan har biringizni yana bir karra chin dildan qutlab, barchangizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman! Ona O'zbekistonimiz, muqaddas Xorazm zamini gullab-yashnasin, fayz-u barakaga to'lsin! O'tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar - mil-latimizning faxr-u iftixori bo'lmish go'zal Xivamiz dunyo turguncha tursin! Xalqimizning, millatimizning shon-shuhrati yanada ziyoda bo'lsin! Baxt, omad - yorimiz, Alloh - madadkorimiz bo'lsin! Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling