O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Ikkinchidan, Amir Temur bundan 600 yil avvaloq hech qanday davlatning qo'shnilari bilan o'zaro aloqa tuzmasdan, ya'ni bugungi til bilan aytganda, hamkorliksiz istiqboli bo'lmasligini teran va yaxshi anglagan. Shu sababli, u Yevropa va Osiyoni bog'lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan - Xitoy,
Hindiston, bir tomondan - Fransiya va Angliya, yana bir tomondan - Rum, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar o'rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga uringan. Amir Temur faoliyatidagi biz uchun ibratli nuqtalardan yana bin shundaki, u savdo-iqtisod munosabatlari orqali xalqlar, mamlakatlar o'rtasida yagona makon barpo etish sohasida shunday yutuqlarga erishganki, bunga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q. Amir Temur Ispaniya qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa qator xorijiy elchilarni o'z saltanatida qabul qilgan. Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatidagi quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Siz o'z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib izzat-ikrom ko'rsatamiz. Biz ham o'z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo'llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsating, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo'l qo'ymang. Sizga bundan bo'lak tala-bim yo'q. Zero dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak». Qarang, qanday oddiy va aniq fikr: dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak! Demak, Amir Temur tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarini keng miqyosda yo'lga qo'yish, undan barchani, avvalambor, o'zining xalqini bahramand etish bosh g'oya bo'lib xizmat qilgan. XXI asr bo'sag'asida siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo'lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo'lda siyosat yurit-gan. U barpo etgan yagona iqtisodiy-savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo'lgan vaziyat mavjud edi. Amir Temurning mana bu so'zlari bunga dalildir: «...Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshi-da bir lagan tilla ko'tarib o'tadigan bo'lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib intizom o'rnatdim». Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling