O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


la I olid din Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq


Download 1.87 Mb.
bet135/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

.la I olid din Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq

Assalomu alaykum, aziz, vatandoshlar! Qadrli mehmonlar! Xonimlar va janoblar!


Avvalo, barchangizni qadimiy va muqaddas Xorazm zaminida turib, Vatan ozodligi uchun jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jalolid-din Manguberdi tavalludining 800 yilligi bilan muborakbod etaman.
Vatanimizning ko'p ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo'lidagi buyuk voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko'rsatgan buyuk shaxslarning nomlarini asrlar davomi­da o'zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda.
Jaloliddin Manguberdi - ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o'chmas iz qoldirgan milliy qahramoni-dir.
Jaloliddin Manguberdi - bor-yo'g'i o'ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida el-u yurt uchun, xalq ozodligi uchun so'nmas xizmat qi-lishga ulgurgan ulug' ajdodimizdir.
Aziz do'stlar!
Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasoratini anglash uchun, avvalo, shu davrlarning mashaqqatli va beshafqat sahifalarini o'zimizga tasavvur qilib ko'raylik.
Shu paytgacha hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan, Xitoy va bepoyon Sibir yerlaridan boshlab bugungi Kaspiy va Qora dengiz bo'ylarigacha bo'lgan o'lkalarni zabt etgan, yo'lida uchragan shahar-qishloqlarni yondirgan, dahshati o'zidan oldin yetib, ne-ne shoh-u shahanshohlar, amir-u sultonlar, sarkardalar yuragiga vahima solgan Chingizxon lashkarining Xorazm ustiga balo-qazoday yopiri-lib kelayotganini ko'z oldingizga keltiring.
Bir tomondan, boy-badavlat, ikkinchi tomondan, parokan-da bo'lib yotgan yurtimizning o'sha paytdagi ahvolini ham bir o'zingizga tasavvur qilib ко'ring.
Chingizxon shunday bir mash'um kuch ediki, dunyodagi mana-man degan qancha zotlar uning qarshisida tiz cho'kib, qulluq qilib yashashga tayyor edi.
Muhammad Xorazmshoh atrofidagi ko'plab beklar ham yov qo'liga taslim bo'lishni afzal ko'rganlarida, Jaloliddin bu fikrga qar-shi chiqib, o'zining beqiyos jasorati va qat'iyatini namoyon etdi. Shu paytgacha mag'lubiyatga uchramagan mo'g'ul lashkariga qarshi o'n bir yil muttasil jang qildi. Va g'animlarga shunday qaqshatqich zar-balar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat, dunyoning yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur bo'ldi.
Aytinglar, aziz do'stlar, ana shunday qaltis vaziyatda o'zi kabi fidoyi, botir insonlarni jipslashtirib, Xorazm zaminini toptashga shay turgan yovuz dushmanga qarshi chiqish uchun odamda qanday jur'at, qanday yurak, qanday iroda, qanchalar baquvvat imon-e'tiqod bo'lishi kerak?
Aytinglar, buning uchun insonda Vatanga muhabbat, el-u yurtga sadoqat, fidoyilik, ozodlikka intilish tuyg'usi nechog'li bo'lishi ke­rak?
Qani, aytinglar, do'stlarim, qadrdonlarim, oldindan o'zini qur-bon bo'lishini bilaturib, lekin Vatan uchun, uning or-nomusi, uning tarixi va istiqboli uchun, zimmasiga shunday og'ir qismatni olgan zotlarni tarixda ko'p uchratish mumkinmi?
Aminman, bunday shijoatli va mard o'g'lonni dunyoga kel-tirgan, voyaga yetkazgan xalq har qancha hurmat-ehtiromga, har qancha tasannolarga munosibdir. Hurmatli mehmonlar! Qadrli do'stlar!
Sulton Jaloliddin Manguberdi o'z elining baxt-u saodati uchun hayot-mamot janglarida jon fido etdi. Lekin dunyoda hech qanday xayrli ish beiz ketmaydi. Millat ruhi, odamzodning ozodlik sari inti-lishi abadiydir.
Oradan bir asr o'tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Man­guberdi boshlagan ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miq-yoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi.
Muhtaram jamoat!
Jaloliddin Manguberdining hayot yo'lini tahlil qiladigan, o'sha tarixiy voqealarga bugungi kun ko'zi bilan qarab baho beradigan bo'lsak, ular bizni mana shunday tabiiy va ibratli saboq xulosalarni chaqirishga undaydi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling