O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari


Download 1.87 Mb.
bet146/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari:

  • «Turkiston» gazetasi;

  • «Молодежь Узбекистана» gazetasi;

  • «Yosh kuch» jurnali;

  • «Sirli olam» jurnali;

  • «Yoshlik» jurnali;

  • «Tong yulduzi» gazetasi;

  • «Класс» gazetasi;

  • «Sinfdosh» jurnali;

  • «G'uncha» jurnali;

  • «Gulxan» jurnali.

* * *
Iste'dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xo-rijiy mamlakatlarda o'qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyotini o'rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg'armasi tuzildi.
Albatta, yoshlarni yangilanayotgan demokratik, insonparvar ja­miyatga munosib qilib tarbiyalash o'z navbatida ular ijtimoiy kafola-tini ham ta'minlashni taqozo qiladi. Bu borada O'zbekiston istiqlolga erishgandan so'ng respublikada yoshlarning ijtimoiy kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ish­lab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Masalan, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo'lib o'tgan sessiyasida «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo-satining asoslari to'g'risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yosh­larga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyo­sat O'zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkon boric-ha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ularni kafolatlashdan ibo-ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo'ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko'zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxo-na, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi-lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e'tibor berildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgi-na 1992-1993-yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta'minlash va ular iste'dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta Farmon qabul qildi. Ularda o'quvchi-yoshlar va talabalarning moddiy ahvolini yaxshi-lashdan tortib, yoshlar iste'dodini ham moddiy, ham ma'naviy rag'batlantirishgacha bo'lgan tadbirlar ko'zda tutildi. Masalan, Prezidentning 1993-yil 5-fevralda qabul qilgan «O`zbekistonda o'quvchi yoshlarni rag'batlantirish choralari to'g'risida»gi Farmo-nida «o'quvchilarning iste'dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy qo-biliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil O'zbekiston fuqarosi-ning yuksak ma'naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib, oxirgi yil o'qiyotgan talabalar va aspirantlar - butun o'qish davridagi a'lochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning davlat stipendiyalari ta'sis etilsin», - deyiladi.
Bugungi kunda ko'plab talaba va aspirantlar ana shunday muko-fotga sazovor bo'lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma'lum tajribalar to'plandi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublika­si Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo'yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosi­da viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo'yicha hokimlar rais-Hgida Kengashlar tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro'yobga chiqarishda bir qator ishlarni amalga oshirdilar. Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun ho-kimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi.
Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxo­ro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o'qib kelgan yosh mutaxassislarning har ikki уйал o'tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an'anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste'dod» jamg'armasi homiyligida o'tkazilgan ilmiy an­jumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. 5 ta yo'nalishda o'tkazilgan ushbu anjumanda g'oliblar 5 ta amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo-liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling