O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet18/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

siyosiy sohada bu:

  • xalq, ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyati-ni amalga oshirishda to'liq ishtirok etishi lozimligini;

  • hokimiyat bo'linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish aso­sida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni bar­po qilishni;

  • jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;

  • barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qo­nunning ustunligini ta'minlashni;

  • bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;

  • demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirishni;

  • O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, meh­nat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo'lishga erishishni bildiradi.

  • Iqtisodiy sohada esa bu:

  • milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivoj-lanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;

  • ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;

  • mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qa­ror toptirishni;

  • iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-lotlarning Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo'jalik faoliya-tiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;

ijtimoiy va ma'naviy sohada bu:

  • insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;

  • ma'naviyatni qayta tiklashni;

  • o'zbek tilini rivojlantirishni;

  • hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;

  • ijtimoiy adolat qoidalarini ro'yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko'p bolali oilalar, o'quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo'lgan kafolatli huquqlarini ta'minlashni;

  • odamlarning iste'dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma'naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta'kidlandi «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli kitobda.

Prezident I. Karimovning O'zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o'tishi, ichki va tashqi siyosat-ni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish-ning asosiy ustuvorliklari va yo'nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ularni yangi qoidalar bilan boyitdi.
Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini ko'rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish masalasini qo'ydi. Faqat iqtiso­diy baquvvat davlatgina kuchli bo'ladi va u har qanday islohotlarga qodir bo'ladi, degan g'oyani ilgari surdi.
Shuning uchun ham I. Karimov «O`zbekiston - bozor mu-nosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida (1993-yil.) «O`zbekiston o'zi uchun tanlab olgan yo'l ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqti­sodiy otini shakllantirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib tur-mushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs si­fatida ma'naviy axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin», -deb qat'iy ko'rsatib bergan edi.
LA. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jara-yonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling