O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet20/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qish-loq hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash;
ikkinchidan, milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil oshirib borish;
uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo'l ochish, tadbirkorlikni qo' llab-quvvatlash;
to'rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalarni xusu-siylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;
beshinchidan, o'tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishla-rini yo'lga qo'yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish Mustaqil O'zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo'nalishlaridir.
O'zbekiston davlat rahbari tomonidan ishlab chiqilgan yosh mil­liy Mustaqil davlatlar taraqqiyotiga doir ham nazariy, ham amaliy yo'nalishlar, ilmiy qoidalar, уо'1-yo'riqlar O'zbekiston Mustaqil ri-vojlanishining o'n besh yili davomida hayot sinovidan muvaffaqi-yatli o'tdi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar izchillik bilan o'z samarasini bermoqda. Buni jahon siyosatchilari va dav­lat arboblari ham tan olmoqdalar. Jumladan, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi taniqli siyosat-shunos Zbignev Bjezinskiy O'zbekistonda bo'ldi va mamlakatimiz aholisi bilan yaqindan tanishdi. U garchi 90-yillar boshida yozgan maqolalaridan birida «Keyingi 10-15 yil ichida O'zbekiston ri-vojlanishi qanday bo'ladi bilib bo'lmaydi, deb «bashorat» qilgan bo'lsa-da, qariyb 12 yildan keyin O'zbekistonda bo'lib yurtimiz-da amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va O'zbekistonning mintaqamizda muhim o'rin tutishini ta'kidlab, O'zbekiston bilan hamkorlik AQSH manfaatlari uchun muhim ahamiyatga egaligini asoslab berdi.
«Islom Karimov - yangi O'zbekiston Prezidenti» deb nomlan-gan teran tahlil va mazmunga ega kitob mualliflari doktor Levitin va doktor Karlayl ko'p yillar Markaziy Osiyo respublikalarida bo'lgan, mintaqadagi siyosiy vaziyat va iqtisodiy islohotlarning borishiga gu-voh bo'lgan, mintaqaning o'ziga xos jihatlarini atroflicha o'rgangan kishilar sifatida o'z asarlarida O'zbekistonda olib borilayotgan islo­hotlar samarasiga yuksak baho beradilar.
«Tasavvurimcha, - deb yozadi L.Levitin - dunyoda O'zbekiston misolida alohida sivilizatsiyaviy qiyofa kuchayishi bilan, o'ziga xos sivilizatsiyaviy o'z-o'zini anglashning o'sishi bilan ish ko'rayotu*».
Ko'rinib turibdiki, Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy va­ziyatni chuqur tadqiq etib, har ikki xorijiy muallif «Islom Karimov o'tish davrining obyektiv omillarini inobatga olib, o'zbek xalqi sivi-lizatsiyasi xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutdi, islohotlar o'zining ijobiy samarasini bera boshladi. Oqibatda bu holni mustaqil davlat­lar taraqqiyoti uchun xos bo'lgan rivojlanishning «o'zbek modeli» degan jahon tan olgan yo'lga olib keldi», deb baholaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida O'zbekistonda jamiyatni ri­vojlantirish va uni ijtimoiy taraqqiy ettirishning o'tgan davriga na­zar tashlar ekanmiz, bu davr mobaynida erishilgan har bir natija va yutuq haqli ravishda «buguni va kelajagini o'z qo'li bilan bunyod etayotgan millionlab vatandoshlarimizning irodasi, aql-zakovati va fidokorona mehnati» bilan bog'lash mumkin. Jumla­dan, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, hududiy daxlsizlik va milliy xavfsizlik, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyatlar hamda an'analarning tiklanishi, iqtisodiy taraqqiyot, shaharsozlik sohasidagi olamshumul o'zgarishlar, siyosiy hayot-ning erkinlashuvi, mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan in-tegratsiyasidagi amaliy qadamlar islohotlardagi izchillik samarasi deyish mumkin. Ushbu fikrning tasdig'i sifatida Prezident I. Ka-rimovning 2003-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004-yil iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida qilgan ma'ruzasidagi quyidagi xulosani keltirish o'rinlidir: «O`tgan yil yakunlarining asosiy ko'rsatkichlarini chuqur va atroflicha tah­lil qilar ekanmiz, quyidagi mulohaza va xulosalarni chiqarishimiz zarur, deb o'ylayman.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish sur'atlarining izchilligi ta'minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari har yili muntazam ravish­da 4 foizdan ko'proq oshmoqda.
O'tgan yili bu ko'rsatkich 4,4 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Mustaqil Davlat­lar Hamdo'stligi davlatlari orasida 2001-yildayoq islohotlar bosh-langan 1990-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishga erishgan yagona mamlakatdir»
Ma'lumki, har qanday jamiyat hayotida ro`y beradigan tub o'zgarishlar eng avvalo uning iqtisodiy jabhalarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy jarayonlar va voqeliklarning uzviyligini, aloqa-dorligini ta'minlaydi. Tom ma'nodagi iqtisodiy taraqqiyotga erishish pirovardda jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy barqarorlik-ning shakllanishiga olib keladi. Shu ma'noda ham O'zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, moddiy farovonlikka erishish ma-salalari har doim ustuvor jabha sifatida qaralib kelinmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi davrida iqtisodiy bar-qarorlikka erishish, mamlakat iste'mol bozorlarini to'ldirish, milliy ishlab chiqarishni rag'batlantirish masalalariga katta e'tibor qaratilib kelingan bo'lsa, 1995-2000-yillarga kelib import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish bilan bog'liq tadbir-lar asosiy o'rinni egalladi.
2000-2006-yillarda esa iqtisodiyotdagi umumiy holatning kes-kin o'zgarganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Chunonchi, endi asosiy e'tibor milliy eksport salohiyatini oshirish, mahalliy resurslarga ta-yangan holda ishlab chiqarish pirovardini tashqi va ichki bozorlar-ga yo'naltirish kabilarga qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, kichik va o'rta biznes tuzilmalari iqtisodiyotning eng harakatchan, faol, shu bilan birga istiqbolli qatlamlari sifatida e'tirof etilmoqda. Ayni paytda O'zbekiston taraqqiyotining asosi bo'lmish xususiy va mil­liy investitsiya oqimlarining vujudga kelishi kichik va o'rta biz­nes tuzilmalarining bundan keyingi faoliyatiga bevosita bog'liq sa-naladi. Shu jihatdan ham Prezident I. Karimov 2006-yil yakuniga bag'ishlangan ma'ruzasida muhim ustuvor yo'nalish sifatida iqti­sodiy otda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, uni erkinlashti-rish, xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, xorijiy sarmoyalarning faol ishtirokini ta'minlash, kichik va o'rta biznesga aholi farovonligi va daromadlari o'sishining, mamlakatda ishsizlik muammosini kamaytirishning yechimi sifatida qarash, boshlangan islohotlarni rivojlantirish, ularni mantiqiy davom ettirish ekanligiga alohida e'tibor berdi.
Chunonchi, Prezident I. Karimovning 1999-yil birinchi chaqi­riq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasidagi «O`zbekiston XX asrga intilmoqda» nomli tarixiy ma'ruzasida yigir-ma birinchi asr arafasi va uning dastlabki davrida mamlakat rivojla­nish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi oltita muhim va dolzarb xarakterga ega bo'lgan yangi yo'nalish va vazifalarni ilgari surdi. Chunonchi, mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlash-tirish bilan bog'liq bo'lib, bunda siyosiy sohani erkinlashtirish tu-shunchasini aholining siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi siyosiy qatlamlar manfaatlari va qarashlari o'rtasidagi muvozanatni shakl-lantiruvchi izchil mexanizmlarni barpo qilish, barcha turdagi saylov-larda ko'ppartiyaviylik tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan muhim siyosiy-ijtimoiy tadbirlar bilan izohlash mumkin.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonla­rini erkinlashtirish bilan bog'liq ko'zda tutilgan vazifalar pirovardi­ni davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari va tuzilmalarini (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati), qolaversa, munitsipal ho­kimiyat tuzilmalarini demokratlashtirish, ularning bir-biridan mus­taqil holda ish tutishi tamoyillarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati vakolatlarini bosqichma-bosqich munitsipal organlarga va nodavlat hamda fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish tuzilmala-riga o'tkazib borish kabilar tashkil qiladi. Shu o'rinda fuqarolik ja­miyatini barpo qilish g'oyasi Prezident tomonidan O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardanoq rivojlantiri-lib kelinganligini aytish joiz. Xususan, Yurtboshimiz o'zining birin­chi chaqiriq Oliy Majlisning 1-sessiyasidagi «Demokratiya - bosh yo'limiz» nomH .ma'ruzalarida bu masalaga keng urg'u berib, «Bu-gun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yangi demokratik jamiyat shakllanishida uning ta'siri qanday bo'ladi?» - degan savollarga javob topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fur-sati yetdi» - deya alohida ta'kidlagan edilar. Va ayni chog'da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz kelajagini quyidagicha bayon qildilar: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga in-tilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivoj­lantirish demakdir».
Shu o'rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqaro­lik jamiyati asoslarini barpo qilish vazifasining Prezident tomoni­dan keyingi 3-4 yil davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalardan keng o'rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza yuritishga unday-di. Darhaqiqat, ushbu ustuvor yo'nalish Yurtboshimizning 1999-yildagi o'n to'rtinchi sessiyadagi ma'ruzalarida ham, 2000-yil yan-var oyidagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9-sessiyadagi ma'ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e'tirof etildi. Bu o'rinda Prezident quyidagi-larga asoslandi:

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling