O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo'l tutilishi
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
5-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo'l tutilishi
Jamiyatni modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni tubdan yangilash bevosita yangicha tafakkurga ega kadrlarni tayyorlash siyosati bilan bog'liq. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki odimlarida-noq «nomenklatura» so'zi va shu so'z bilan bog'liq kadrlarni tan-lash va joy-joyiga qo'yishning ma'muriy-buyruqbozlik usullaridan voz kechildi. Darhaqiqat, yangi sharoitda kadrlar siyosati yangicha yo'l tutilishini taqozo qilgan muhim omillardan biri davlatni bosh-qarishda mamlakatda yuqoridan pastga qarab milliy-davlatchilik tizimiga xos yangi boshqaruv tizimi vujudga kelganligi edi. Bu, albatta, hayotiy zaruriyat sifatida namoyon bo'lgan hoi. Zotan, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, mamlakat Konstitutsiyasi-da ko'rsatilganidek, uning o'z tabiatiga mos bo'lmog'i lozim. Bu -boshqaruv tizimining milliy xususiyati. Uning umumjahon tamoyil-lari ham bor. Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakatda kuchli davlat hokimiyati, yuqoridan quyiga qa-dar mustahkam boshqaruv bo'lmasa tinchlik ham, osoyishtalik ham, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik ham, taraqqiyot va rivojlanish ham bo'lmaydi. Ana shu qoidalardan kelib chiqib, O'zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq sobiq boshqaruv tizimlarini milliy-davlat hokimiyati idoralari bilan almashtirish, ularni zamonaviy kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, mustaqillikni mustahkamlash tabiiy ravishda kadrlar siyosatida avvalda yo'l qo'yilgan kamchiliklardan saboq chiqarmoqni, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashni mustaqillik ta-lablari asosida amalga oshirishni taqozo qilar edi. Chunki, musta-qillikka erishilgunga qadar kadrlar siyosatida nazariya bilan ama-liyot o'rtasida nomutanosiblik mavjud edi. Bir tomondan rasmiy yig'ilishlarda mahalliy kadrlar tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilsa-da, ikkinchi tomondan, amalda uning teskarisi bo'ldi. Mahalliy kadrlarga ishonmaslikka, ularni badnom qilishga harakat qilindi va bunga ma'lum darajada erishildi ham. Qariyb 74 yil davomida jamiyat boshqaruvida shunday uslub qaror topdiki, mamlakatda siyosiy hokimiyat tepasiga yangi rahbar ke-lishi bilan o'z faoliyatini, albatta, avvalgisini tanqid qilishdan bosh-lardi. Shu asosda begunoh, halol, vijdonan mehnat qilgan, siyosat bilan shug'ullanish uchun vaqti bo'lmagan mehnatkash xalq aziyat chekardi. Hokimiyat tepasiga kelgan kishi xoh partiya, xoh davlat rahbari bo'lsin, uning aytgani davlat va partiya siyosatida asosiy yo'l-yo'riq sifatida qabul qilinar edi. Bu oqibatida hamma darajada boshliq gapini asoslashga xizmat qiluvchi mafkuraning vujudga kelishiga olib keldiki, bu holat jamiyatdagi demokratik jarayonlar-ning rivojiga to'siq bo'ldi. Oqibatda ma'naviy qashshoqlik, ba'zan siyosiy madaniyatsizlik, hatto g'oyaviy beburdlik yuz berdi, bir qo-lipdagi yagona mafkura hukmronligi qaror topdi. Bunday salbiy hodisa ayniqsa 50-yillarning ikkinchi yarmidan keyin an'anaga ay-lanib ketgan edi. 1956-yili KPSS XX syezdida shaxsga sig'inish va uning salbiy oqibatlarini tugatish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Shaxsga sig'inishga qarshi kurasha turib, amalda shaxsga sig'inish hollari kelib chiqdi. 1985-yili bo'lib o'tgan KPSSning aprel Plenumida qariyb av-valgi 30 yillik tarix «turg'unlik yillari» deb tanqid ostiga olindi. Butun tarixiy davr ana shu tamg'a bilan ommaviy ravishda inkor qilindi. Achinarlisi shundaki, tuzumga, markaziy boshqaruvga xos bo'lgan mana shunday noxush hoi O'zbekiston hayotida ham tak-rorlana boshlandi. Masalan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XVI Plenumida (1984-yil 24-iyul) respublikaning so biq birinchi kotibi Sh. Rashidov asossiz tarzda tanqid ostiga olindi. Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo'g'in idoralarida ham yuz berdi. Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda inkor qilish oqibatida siyosat davomiylikning buzilishiga olib kel-di. Hamma darajada birinchi shaxs faoliyatini tanqid qilish orqali mehnatkash xalqning vijdonan, halol mehnati inkor qilindi. Muhimi kadrlar qo'nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto'g'ri yo'l edi. Avvalgi yillarda kadrlar siyosatida yo'l qo'yilgan ikkinchi xa-tolik kadrlarning nazariy tayyorgarligi, ularning ma'naviy-axloqiy fazilatlariga yetarli e'tibor berilmaganlikda ko'rindi. Bu partiya tash-kilotlari faoliyatida juda jiddiy qusurga aylanib ketgan edi. Kadr tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb mahorati emas, ko'proq shaxsiy sadoqati birinchi o'ringa qo'yildi. Natijada rahbarlarning zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, ma'naviy barkamolligi, odamlarni ishontirisfi va ergashtira olish fazilatlari e'tibordan chetga surilgan edi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling