Birinchidan, muallif tasavvurida «Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi)).
Demak, jamiyatda eng avvalo qonun ustuvor bo'lishi, barcha-ning qonun oldida tengligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Ana shunda fuqarolarning huquq va erkinliklari to'la ta'min etilishiga imkon yaratiladi. Har qanday kamsitishlarga yo'l qo'yilmaydi va inson hayoti to'la kafolatlanadi.
Demokratiya siyosiy yoki huquqiy hodisagina emas, ayni paytda u yuksak ma'naviyat, boy madaniyat, shaxs kamoloti bilan bog'liq bo'lgan, har bir fuqaro ma'naviy-axloqiy va ruhiy holatini belgilay-digan oliy qadriyat. Muallif demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish xususida gapirar ekan, demokratiya erkinliklarini, jamiyat ma'naviy qiyofasini va shaxs ozodligini ana shunday yaxlit holda, bir butun jonli organizm shaklida tasavvur etadi.
Ikkinchidan, demokratiyani chuqurlashtirish omillaridan biri sifatida ko'ppartiyaviylik haqida alohida to'xtaladi va o'z fikrini aniq, lo'nda qilib o'rtaga tashlaydi. Hech qachon partiyalar soni demokratiya ko'lamini, miqyosini, darajasini va qadriyatlarini belgi-lay olmasligini ko'rsatib beradi. Turli ijtimoiy guruhlar manfaatini himoya qila oladigan turli partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari o'z Nizomi doirasidagina o'z a'zolari manfaatini himoya qilishi mumkin, xolos. Biroq, umumiy manfaat - xalq, jamiyat, mamlakat manfaati singari eng oliy va eng qimmatli ehtiyoj lar ham bor-ki, bu barcha siyosiy partiyalarning umumiy yig'indisidan, turli va xilma-xil qarashlarning uyg'unligidan kelib chiqadi. To ana shunga erishilmas ekan, demokratiya shunchaki rusumga aylanib qolavera-di. Ana shunday nuqtai nazardan «Partiyalarning paydo bo'lishi, ularning soni, dasturi, уо'1-yo'riqlarining o'ziga xosligi va ho-kazolar esa ijtimoiy manfaatlar yig'indisi va jamlanishi orqali tabiiy yo'l bilan belgilanmog'i kerak. Siyosiy partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan bir prinsipi davlatning konstitutsi-yaviy me'yorlarini hurmat qilish va ularga rioya etishdan iborat bo'lmog'i lozim)) - deb yozadi I. Karimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |