O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet72/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Birinchidan, axborotlarning mafkuradan mutlaqo xoli bo'lishini nazarda tutgan holda aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlariga ehtiyoj ini o'rganish va qoniqtirish;
Ikkinchidan, mamlakat aholisini, shuningdek, chet el jamoat-chiligini O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ha­yotida sodir bo'layotgan o'zgarishlar to'g'risida keng xabardor qi­lish va hokazolar.
Aytish mumkinki, 1996-yilda respublikada ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan muhim ama­liy choralar ko'rildi. Shu 1996-yilning may oyida O'zbekiston om­maviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo'llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg'armasi tashkil qilindi. Bu ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil o'zini o'zi boshqaruvchi, hukumat­ga qarashli bo'lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi.
Jamg'arma o'z ishini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsi­yasiga muvofiq, «O`zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to'g'risida»gi Qonun, «Axborot olish erkinliklari va kafolatlari», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida» qonunlar va bosh­qa normativ hujjatlar asosida tashkil qiladi.
Jamg'arma o'z faoliyatida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • ommaviy axborot vositalari amaliy faoliyatida demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, jurnalistlar faoliyatini aktivlashtirish, gazetalar, jurnallar, radio va televideniyening moddiy-texnika bazasini rivoj lantirish va mustah-kamlash, bozor munosabatlariga o'tish sharoitida ularga moliyaviy yordam ko'rsatish;

  • ijodiy faoliyatda demokratik tamoyillarni joriy etish;

  • demokratiya va so'z erkinligining chinakam institutlari sifati­da matbuot organlari roli va nufuzini kuchaytirish;

  • jurnalistlarning huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va ijodiy huquqla­rini, qadr-qimmatini, ularning davlat va jamoat organlari oldidagi, ommaviy axborot vositalarining ta'sischilari va noshirlari oldidagi manfaatlarini himoya qilish;

  • mulkchilikning barcha shakllaridagi ommaviy axborot vosita­larini rivoj lantirish yo'li bilan O'zbekistonda erkin demokratik axbo­rot muhitini vujudga keltirish;

  • g'oyaviy yo'nalishi turlicha bo'lgan nashrlarda, radio va tele-videniyeda ishlovchi jurnalistlar hamkorligini ta'minlash;

  • ommaviy axborot vositalari xodimlarining har qanday vazi­yatda o'z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni qonunlar bilan man etilmagan usullarda tarqatish huquqini ta'minlash;

  • ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish yuza­sidan tegishli davlat idoralariga takliflar kiritish;

  • qonunda belgilangan tartibda chet el ommaviy axborot vosi­talari bilan aloqalarni mustahkamlash, respublika matbuot vakillari­ning kasb mahoratini oshirish va tajriba almashish maqsadida ular­ning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini uyushtirish.

Vazirlar Mahkamasining yangi jamg'arma tuzishni qo'llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilgan qarorida ommaviy axborot vosi­talarining faolligini oshirish, ularning demokratiya va so'z erkinli­gining haqiqiy minbari sifatidagi o'rni va ahamiyatini kuchaytirish, matbuot yangi tafakkurni shakllantirishning ta'sirchan vositasiga, odamlar fikr va irodasining xolis ifodachisiga aylanishi uchun ular­ning erkin tayyorlanishi va tarqalishini ta'minlash zarurligi alohida uqtiriladi.
Hukumat erkin, demokratik axborot manbalarini yaratish maq­sadida davlatga qarashli bo'lmagan, mustaqil nashrlar va axborot or­ganlari tarmog'ini kengaytirish masalasini kun tartibiga qo'ymoqda.
Bularning hammasi O'zbekistonda demokratik jarayonlar izchil-lik bilan rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakat iqtisodiyo-ti Mustaqillikning oltinchi yilida barqaror tus oldi. Yangi jamiyati-mizning jahon andozalariga mos keladigan shakl-u shamoyili qad rostladi. Endi uni demokratik tamoyillar bilan mazmunan boyitish, g'oyaviy jihatdan chuqurlashtirish zarur.
Matbuot chin ma'noda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotining faol ishtirokchisi, yangiliklar jarchisi, ezgu ish­lar da'vatkori, jamoatchilik fikrining xolis ko'zgusiga aylanishining o'ziga xos shart-sharoitlari ham bor, albatta.
Matbuot va so'z erkinligini tanlagan har bir jamiyat boshidan kechirishi va amal qilishi muqarrar bo'lgan talablar bor. Bu eng av-valo hamma uchun birday manfaatli bo'lgan mas'uliyat hissi, javob-garlik tuyg'usi.
Haqiqiy erkinlik yuksak intizom, qat'iy talab, fuqarolik mas'uliyati, qonunlar ustuvorligidir.
1996-yil 19-dekabr kuni Prezident devonida respublika omma­viy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasi vakillari qabul qilindi. Unda mamlakat rahbari bugun-gi kunda O'zbekiston matbuoti oldida turgan eng dolzarb vazifa-lar haqida to'xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy va tafakkurni shakllantirish xalqimiz g'ururi va iymon-e'tiqodining qay darajada mustahkamligiga har jihatdan bog'liq ekanini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakl-lanayotgan bir paytda ma'naviyatni mustahkamlash hamda ma'rifat-parvarlikni keng targ'ib etish lozimligi va bunda matbuotning roli katta ekani alohida qayd etildi.
Uchrashuvda «Inson ozod va hur tug'iladi va shunday yasha-shi lozim, - dedi Islom Karimov. - Buning uchun esa u ana shu oliy ne'matni asray va ardoqlay bilishi kerak. Xalqimiz ruhan to'la qayta uyg'ongan taqdirdagina bu qadriyatlar hayotimiz-dan mustahkam o'rin oladi».
Ushbu uchrashuv chog'ida jamg'arma faoliyatini yanada jon-lantirish, uning «Hurriyat» nomli yangi gazetasini nashr etish, milliy matbuot markazi faoliyatini yo'lga qo'yish bilan bog'liq masalalar ham ko'rilib chiqildi.
O'zbekiston Respublikasida 2008-yil holatiga 967 ta ommaviy axborot vositasi: ulardan 681 ta gazeta, 189 ta jurnal, 4 axborot agentligi, 51 ta telestudiya, 14 ta radiostudiya bundan tashqari 49 ta kabel televideniyesi, 464 ta elektron axborot vositasi yoki Internet faoliyati ko'rsatib turibdiki, bu mamlakatimizda OAVlarni faoliyat yuritishi uchun, fuqarolarning axborot olish, axborot uzatish, so'z va e'tiqod erkinligini amalga oshirishlari uchun yaratilganligidan dalo­lat beradi.
Prezident I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Se-natining 2005-yil 28-yanvardagi qo'shma sessiyasidagi ma'ruzasida O'zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g'oyat muhim sharti bo'lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokra­tik andozalarni joriy etish bo'yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish zarurligiga alohida e'tibor berdi. «Bu boradagi asosiy vazi-fa - mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lmish matbuot, televideniye, radio fao­liyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinli­gini ta'minlashdan iborat», deb alohida uqtirdi.
Mazkur ma'ruzada belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Prezident I. Karimov 2005-yil 10-martdagi «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni islohot etish va mo-dernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to'g'risida» qaror qabul qildi. Qaror bilan «Ommaviy axborot vosi­talari faoliyatini demokratlashtirish sohasidagi islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi» tasdiqlandi. Boshqa­cha qilib aytadigan bo'lsak bu - sohaga oid qonunchiligimiz baza-sini xalqaro demokratik andozalar asosida qayta ko'rib chiqish va mustahkamlash vazifasi belgilangan muhim Konsepsiyadir.
Shu bilan birga bir qator yangi me'yoriy hujjatlar ham qabul qi­lindi. Jumladan:

  • OAV vakillarini vakillik va ijro organlarida doimiy akkredita-tsiyadan o'tkazish vositasida jurnalistlarning davlat idoralarining fao-liyatidan xabardor bo'lib turish, vaqtida kerakli axborotlar olish ham­da ularni tezkorlik bilan jamoatchilikka yetkazish imkonini beradi;

  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda fuqaro­larning o'zini o'zi boshqarish organlari rahbarlarining brifinglar o'tkazish tartibi bir tomondan davlat organlarining jamoatchilik bi­lan aloqalarini mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan ularning faoliya­ti ustidan jamoatchilik nazoratini o'matishga asos bo'ladi;

  • O'zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va ja­miyat qurilishi akademiyasi qoshida «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish kurslari»ning tashkil etilishi jur-nalistlarimiz, OAV rahbarlarini, jumalistikamizning saviyasini oshi­rish, jurnalistlarning sohaga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tezkorlik, xolislik, dadillik tamoyillarini qo'llashni o'rganishga sharoit yaratadi. Eng muhimi sohaning kadrlar tarkibini kuchaytirish imkoniyatini kengaytiradi;

  • «Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivoj lan­tirish sohasiga mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda jismo-niy shaxslaming mablag'larini jalb etish tartibi»ning ishlab chiqili-shi bir tomondan hozirda iqtisodiy muhtoj lekin vatanparvar ruhdagi OAV qaddini tiklashga, erkin va samarali faoliyat ko'rsatishi uchun qonuniy asos bo'lib xizmat qiladi, ikkinchi tomondan bu sohada boqimandalik, qaramlik, sotqinlik, xiyonat kabi illatlarning oldini olishga imkon yaratadi;

  • milliy axborot bozorida haqiqiy raqobatni hosil qilish, mono-poliya yoki yakka hokimlikka yo'l qo'ymaslik choralari ko'rildi.

Me'yoriy hujjatlar OAVni ro'yxatdan o'tkazishni birmuncha soddalashtirish, axborot mahsulotlarini monitoring qilish, tahririyat-laming xato va kamchiliklarini o'z vaqtida ko'rsatib, ulami qonun-buzarlik illatlaridan saqlab qolish, shu bilan birga jurnalistlarning o'z kasbiy faoliyatlarini qonun talablariga mos ravishda amalga oshirish uchun mas'uliyatlarini kuchaytirishni ham nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-noyabrdagi Farmoni bilan «O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vo­sitalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi» tashkil topdi. Undan ko'zda tutilgan maqsad mamlakatimizda musta­qil, o'zini o'zi ta'minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga ja­vob beradigan, mulk shaklidan qat'i nazar, har qanday bosma omma­viy axborot vositalarini shakllantirish jarayonini qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkam-lashga ko'maklashishdan iborat qilib ko'rsatildi.
Mavzuga doir material

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling