Investitsiyalar. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va xususiy mulkchilikni himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishi mamlaka-timizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda xorijiy sarmoyalarm jalb qilishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Respublikamizda investitsiyalar hajmi 2006-yilga nisbatan 22,9 foizga oshib, 5479,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Mazkur investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotni texnik va texnologik jihatdan yan-gilashga va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflandi.
Umumiy investitsiyalar salmog'ida ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalarning ulushi 70,1 foizni tashkil etib, uning 35,7 foizi sanoatga, 22,8 foizi esa transport va aloqa sohasiga yo'naltirilgan.
Kichik biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlash, ularning fao-liyatini erkinlashtirish va soliq yukini pasaytirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar YIM tarkibida kichik biznes salmog'ini 2006-yildagi 42,1 foizdan 2007-yilda 46,2 foizgacha oshirish imkonini berdi.
* * *
Shuni alohida aytish joizki, aholining eng muhtoj toifalarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshi-rildi. Jumladan, kadrlar tayyorlash, sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi maqsadli umummilliy Dasturlar amalga oshirila boshlandi.
Bular:
Birinchidan, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, uning eng muhim tarmoqlarini texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish;
Ikkinchidan, biznes, xususiy biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirib borish;
Uchinchidan, investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
To'rtinchidan, aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil oshirib borish;
Beshinchidan, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'li bilan aholi bandligi masalalarini hal qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |