O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-2007-yillarda yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarishining o'sish sur'atlari (2000-y. = 100%)


Download 1.87 Mb.
bet81/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

2001-2007-yillarda yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarishining o'sish sur'atlari (2000-y. = 100%)
«ITAR-TASS» davlatimiz rahbarining «2006-yili iqtisodiyotning o'sishi 2000-yilga nisbatan taqqoslama baholarda 45 foizni tashkil etdi. Bunda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22,1 foizga, xizmatlarning ulushi esa 39,5 foizga yetgan», degan so'zlarini keltiradi.
«Interfaks» «O`zbekiston hukumati ish haqini oshirish, xusu­siy mulk himoyasi hamda sarmoyalar jalb etishga alohida e'tibor qaratish niyatida» sarlavhali xabarida qayd qilishicha, O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2007-yilning birinchi darajali vazifala-ri orasida iqtisodiyot o'sishining izchil sut'atlarini ta'minlashni, tizimli o'zgarish va modernizatsiyalashni ro'yobga chiqarish, so­liq siyosati liberallashtirilishi davom ettirilishini belgilab berdi. «Islom Karimov 2007-yil budjeti parametrlarini parlament tasdiq-lagani, u joriy yilda yalpi ichki mahsulotni 7,7 foizga, sanoat ishlab chiqarishini - 7,8 foizga, qishloq xo'jaligini - 5 foizga oshirish rejalari hisobga olingan holda ishlab chiqilganini eslatdi. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlantirilishiga jalb etiladigan sarmoyalar hajmini 25,5 foizga oshirish ko'zda tutilmoqda, qat'iy pul-kredit siyosati sharoitida pul qadrsizlanishi darajasi esa 5-7 foizdan osh-masligi кегак», deb yozadi Rossiya axborot agentligi.
O'zbekiston Prezidenti 11 Karimovning ma'ruzasini sharhlar ekan, Britaniyaning Bi-Bi-Si agentligi 2006-yili O'zbekistonda ta'lim tizimini takomillashtirishda sezilarli natijalarga erishilganini qayd etdi. Bunda u joriy yili respublikada mazkur jabhani yana­da yaxshilashga yo'naltirilgan qator loyihalarni ro'yobga chiqarish ko'zda tutilayotganiga e'tibor qaratdi. Mamlakat ijtimoiy siyosati-dagi bu yo'nalishining muhimligini ta'kidlar ekan, Bi-Bi-Si mam­lakat rahbarining «ma'rifatli yosh avlod - O'zbekistonning eng katta boyligidir» degan so'zlarini keltiradi.
Real iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham jadal rivojlanib bormoqda. Masalan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish darajasi biroz pasayishdan so'ng, asosan, barqaror darajada saqlanib turdi, 1997-yildan boshlab esa ushbu sohada o'sish boshlandi. Real sek-torning davlat miqyosidagi barqaror taraqqiyoti sharoitida moliya­viy muvozanat ta'minlanadi. 1996-2000-yillar mobaynida budjet kamomadi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshgani yo'q. Tovar resurslari bilan ta'minlanmagan pul massasining o'sishini cheklaydigan anchagina qattiq monetar siyosat olib borilmoqda, bu esa hozirgi vaqtda o'rtacha oy hisobida 1,7 foizdan ortiq bo'lmagan inflatsiya darajasini izchil kamaytirishning muhim sharti xizmatini o'tamoqda.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, yangilanish va taraqqiyot yo'li bo'yicha muvaffaqiyatli harakat O'zbekistonning tashqi aloqalari faollashuvi, uning dunyo xo'jalik aloqalariga keng kirib borishi bilan uzviy bog'liq. Tashqi iqtisodiy faoliyat-ni erkinlashtirish bilan valuta siyosatini erkinlashtirish juda jips bog'langandir.
Valuta siyosatini erkinlashtirish deganda Xalqaro valuta fondi Moddalar Bitimining VIII moddasi talablariga muvofiq ravishda kundalik xalqaro operatsiyalar bo'yicha milliy valutaning to'liq konvertatsiyalanishiga bosqichma-bosqich o'tishiga doir huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarning yaratilishini bildiradi.
Buning uchun avvalo respublika iqtisodiyoti tuzilmasini, eksport tuzilmasini va ichki iste'mol bozori tuzilmasini tubdan o'zgartirish lozim edi. Iqtisodiyot tuzilmasida faqat ichki bozorda emas, bal-ki tashqi bozorlarda ham raqobatlashadigan, ko'proq o'zimizdagi tabiiy va xomashyo imkoniyatiga asoslanadigan, ilg'or zamonaviy texnologiyani qo'Hay digan ishlab chiqarishlar ustunlik qilishi kerak edi. Shuning uchun texnik jihatdan qayta jihozlashni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash siyosati olib borildi.
Valuta siyosatini erkinlashtirish birjadan tashqaridagi valuta bo-zorini jiddiy ravishda mustahkamlashni, unda amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini kengaytirishni, tijorat banklarining valutalarini tezda pulga aylantira olish quvvatini oshirishni nazarda tutadi. Bu esa, import qiluvchilarning litsenziyalash (ularning chet elda tovar olib kelish uchun ruxsat berish)ning mavjud tizimini yo'q qilish, valutaga bo'lgan haqiqiy talab va taklifga mos keladigan almashuv kursini belgilash imkonini berdi.
Ana shu tarzda 1991-2000-yillar iqtisodiy, moliyaviy islo-hotlarning muhim davri sifatida tarixga kirdi. 2001-2008-yillar esa islohotlarning pirovard natijasini aniq ko'radigan voqelikka aylandi.
2008-yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbir-korlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo'jalik yurituvchi sub-yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkor-lik, kichik va xususiy tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkor-Hk, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag'batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so'nggi olti yil mobay-nida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni, 1,9 ba­robar ko'paydi va 2008-yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 2008-yili salkam 22 foizga ko'paydi. Bu sanoat tarmog'idagi o'rtacha o'sish ko'rsatkichidan ancha ko'pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsu­lotdagi ulushi 2007-yildagi 45,5 foizdan 2008-yilda 48,2 foizga ko'tarildi.
Bugungi kunda mamlakatimimizda ish bilan band bo'lgan jami aholining 76 foizdan ko'prog'i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e'tiborlidir.
Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko'p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqa­rish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
Birgina 2008-yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko'rsatildi. Kasanachilik uchun ish o'rinlari ochgan korxonalar, shu borada o'zlariga beril-gan imtiyozlar hisobidan 1 millard so'mdan ortiq mablag'ni tejashga erishdi. 2008-yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste'mol tovarlari chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko'rsatish hajmi 21,3 foizga o'sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur'atlar bilan rivojlandi: qurilish - 8,3 foiz, transportda yuk va yo'lovchi tashish hajmi - 10,2 foiz, savdo sohasi - 7,2 foizga o'sdi. Qishloq xo'jaligida 4,5 foiz o'sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g'alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug'doy yetishtirildi.
2008-yilda o'rtacha ish haqi budjet tashkilotlarida 1,5 barobar-dan ziyod, butun iqtisodiyot bo'yicha esa, 1,4 barobar oshdi. Natija­da o'tgan yili o'rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo'ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko'paydi.
Joriy 2009-yilni oladigan bo'lsak, o'rtacha ish haqi miqdori-ni budjet sohasida va shunga mos ravishda xo'jalik yurituvchi subyektlarda ham 1,4 barobar oshirish ko'zda tutilmoqda. Inf-latsiyaning o'sish ko'rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo'ljallanmoqda.
2008-yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo'lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O'zbekiston uchun an'anaviy eksport xomashyosi bo'lgan paxta to-lasining bu boradagi ulushi 2003-yildagi 20 foizdan 2008-yilda 12 foizga tushdi.
Mamlakatimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo'lib kelmoq-da. 2008-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007-yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko'p bo'lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tash­kil etdi. O'zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo'naltirilganini ta'kidlash darkor.
Keyingi yillarda O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xo­rijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o'sib borayotga-ni e'tiborga sazovordir. 2008-yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirildi. Bu 2007-yildagiga nisbatan 46 foiz ko'p demakdir. Eng muhimi, xorijiy in­vestitsiyalarning 74 foizini to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar tashkil etadi.
Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009-yilda mamlakatimiz iqtisodiy otiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko'payadi, buning to'rtdan uch qismi to'g'ridan to'g'ri investitsiyalardir.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling