O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Energiyaning solishtirma sarfi normalarini aniqlash uchun solishtirma yuk normalarini aniqlash


Download 1.4 Mb.
bet14/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Amaliyot

Energiyaning solishtirma sarfi normalarini aniqlash uchun solishtirma yuk normalarini aniqlashdagi usullar qo‘llaniladi, ya’ni asos uchun etalon mahsulot energiyasining solishtirma sarfini, etalon va tekshirilayotgan material energiya sarfini taqqoslash orqali belgilanadigan energiya sarfini nisbiy koeffitsientiga ko‘paytmasiga teng.
Ishlab chiqarish unumdorligini qayta ishlanuvchi mahsulotning apparatda bo‘lish vaqtiga qarab aniqlash. Ba’zi jarayonlarning muvaffakiyatli ketishi uchun mahsulotni qayta ishlashning aniq vaqti talab qilinadi. Bu guruhdagi apparatlarning foydali xajmi vakt birligida talab qilinadigan xajmiy ishlab chiqarish unumdorligini kerakli qayta ishlash vaqtiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Alohida operatsiyalar uchun qayta ishlash vaqti tadqiqot ishlari natijalari asosida belgilanadi.
Ishlab chiqarish unumdorligini katalog va ma’lumotlardan aniqlash. Ba’zi apparatlar (masalan tishli maydalovchi valoklar, konsentratsion stollar)ning ishlab chiqarish unumdorligi ularni tayyorlagan zavod kataloglari yoki ma’lumotnomalardan olinadi. YUzli yoki konusli maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi ham odatda maydalanayotgan mahsulotning zichligiga va maydalagich bo‘shatish tuynugining kengligiga tuzatish koeffitsienti kiritib kataloglardan olinadi.O‘rnatiladigan apparatlarning soni dastgohning tanlangan o‘lchamiga bog‘liq. Kichik o‘lchamdagi apparatlarni ishlatish binoning katta maydonini egallaydi, ularga hizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni qiyinlashtiradi. Ikkinchi tomondan katta o‘lchamdagi apparatlarni ishlatish binoning balandligini, kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishga xamda bitta apparat to‘xtaganda katta miqdorda unumdorlikning yo‘qolishiga olib keladi. SHuning uchun xar qaysi loyixalanayotgan boyitish fabrikasi uchun o‘rnatiladagan dastgohning optimal o‘lchamini aniqlash kerak. Ba’zi hollarda apparat o‘lchamini tanlash faqat texnik shartlar orqali aniqlanadi. Masalan, maydalanuvchi bo‘lakning o‘lchamiga qarab tanlangan yuzli maydalagich ortiqcha unumdorlikka ega bo‘lsa, qolgan barcha variantlar bekor qilinadi, chunki kichik o‘lchamli maydalagichni o‘rnatish mumkin emas.
Agar texnik shartlarga asosan yirik va kichikroq dastgohlarni o‘rnatish mumkin bo‘lsa, apparatlar o‘lchamini tanlash bir necha variantlarni asosiy ko‘rsatgichlar – dastgohning og‘irligi, narxi, quvvati,binoning talab qilinadigan maydoni va xajmini texnik –iqtisodiy taqqoslash orqali tanlanadi.
Umumiy holat sifatida quyidagilarni e’tiborga olish kerak: agar qandaydir operatsiya uchun bir turdagi apparatlarning hisoblangan soni 4-6 dan ko‘p chiqsa, o‘lchami kattaroq apparatga o‘tish afzal (bu xolatdan teskari hulosa chiqarish mumkin emas).
Zaxiradagi maydalagich va elaklarning soni maydalash sexi ishining sutkalik davomiyligi, qabul qiluvchi bunkerlarning xajmiga bog‘liq.. Maydalashning birinchi bosqichi uchun zaxira maydalagich o‘rnatilmaydi. Maydalashning ikkinchi va uchinchi bosqichida 2-3 ta ishlovchi maydalagich uchun bitta zaxira maydalagichi, 3-4 ta ishlovchi elak uchun bitta zaxira elak o‘rnatiladi.YAnchish, boyitish va quyultirish operatsiyalari uchun zaxira apparatlari o‘rnatilmaydi.Bunda dastgohlarni ta’mirlash uchun kerak bo‘ladigan vaqt kalendar kunlarga nisbatan bir yildagi ish kunlari sonini qisqartirish hisobiga ko‘zda tutiladi.
Konsentratlarni quritish va filtrlash uchun dastgohlar ishlab chiqarish unumdorligining zaxirasi bilan loyixalanadi.
Ishlab chiqarish unumdorligi o‘rtacha va katta boyitish fabrikalarida filtrlash va quritish sexlari odatda boyitish sexi bilan bir vaqtda ishlaydi. Bu holda bosh binoning ishini chegaralamaslik uchun filtrlash va quritish sexlarida 3-4 ishlovchi apparatga bitta zaxira o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish unumdorligi kichik fabrikalarda, shuningdek, ishlab chiqarish unumdorligi katta, lekin konsentratning chiqishi kichik (masalan, molibden) fabrikalarda konsentrat quyultirgichlarda va bufer chanlarida to‘planishi mumkin. Bunda filtrlash va quritish sexining ishi bitta smenaga zaxira dastgohlarisiz loyixalanadi.
Bo‘tanani bir joydan ikkinchi joyga xaydash uchun nasoslar yo galma-gal ishlaydi, yo ikkita ishlovchi nasosga bitta zaxira o‘rnatiladi.



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling