O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
4-AMALIY ISHMAVZU: .SUV-LOYQALI SXEMALARNI HISOBLASH Suv sarfi sxemasini loyihalashning maqsadi jarayonlardagi suyuqlikning qattiq zarrachalarga (S:Q) nisbatini, jarayonlarga qo‘shiladigan va buning aksi mahsulotlardan ajralib chiqadigan suvning miqdorini, sxemalardagi mahsulotlar uchun S:Q nisbatini, boyitish fabrikasining suvga bo‘lgan umumiy ehtiyojini aniqlash va suv bo‘yicha muvozanat tuzishdan iborat. Sxemani hisoblash uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz. Rn– suyuqlikning qattiq zarrachalarga nisbati, son qiymati (m3 suv/1 t. qattiq zarrachaga teng); Wn– jarayon yoki mahsulotdagi suvning miqdori, (m3/ vaqt birligida); Ln– jarayon yoki mahsulotga qo‘shiladigan suvning miqdori (m3/ vaqt birligida); Sn– mahsulotning namligi, %; – mahsulotdagi qattiq zarrachalarning zichligi, t/m3; Vn– bo‘tananing hajmi, m3/ vaqt birligida; ln– alohida jarayonlarga qo‘shiladigan toza suvning solishtirma sarfi, m3/ t; (9) (10) (11) ; (12) Suv sarfi sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi Dastlabki ko‘rsatkichlarning son qiymati belgilanadi. YOrdamchi jadval tuziladi va sifat sxemasidan mahsulotlarning og‘irligi va dastlabki ko‘rsatgichlar yoziladi. Wn=Rn Qn formula orqali dastlabki ko‘rsatgichlar bo‘yicha R ning qiymati, ma’lum mahsulotlar va jarayonlar uchun suvning miqdori hisoblanadi va yordamchi jadvalga yoziladi. Muvozanat tenglamalari orqali alohida mahsulotlarga qo‘shiladigan suvning miqdori aniqlanadi va bir vaqtning o‘zida sxemaning barcha mahsulotlaridagi suvning miqdori aniqlanadi. (9) formula orqali Rn ning qiymati aniqlanadi. (12) formula orqali hamma mahsulotlar va jarayonlar uchun bo‘tananing xajmi hisoblanadi. Suv sarfi sxemasini hisoblashning natijalari jadval va grafik tarzida beriladi. Boyitish fabrikasi bo‘yicha suv muvozanati tuziladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling