O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Download 1.4 Mb.
bet7/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Amaliyot

Аdabiyotlar

  1. Umаrоvа I.K., Solijonova G.Q. Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitish vа qаytа ishlаsh. Darslik. ─ Т.: Cho’lpon, 2009.

  2. Авдохин В.М. Основы обогащения полезных ископаемых. Учебник - М.: МГГУ, 2006

2-AMALIY ISH
MAVZU: Monometal rudalar uchun boyitishning sifat-miqdor sxemalarini hisoblash
Boyitishning miqdor sxemasini hisoblashda sxemadagi barcha mahsulotlar uchun asosiy texnologik ko`rsatkichlar – larning son qiymati aniqlanadi:
- mahsulotning og’irligi (t/soat yoki t/sut);
- mahsulotlarning chiqishi, %;
- mahsulotlardagi qimmatbaho komponentning miqdori, %;
- mahsulotlarga ajralish, %. Ba`zi hollarda qo`shimcha ravishda - xususiy ajralishning qiymati aniqlanadi.
Miqdor sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi:

  1. Sxemani hisoblash uchun kerakli va yetarli bo`lgan dastlabki ko`rsatkichlarning soni aniqlanadi.

  2. Dastlabki ko`rsatkichlarning, ya`ni larning soni tanlanadi.

  3. Dastlabki ko`rsatkichlarning son qiymati belgilanadi.

  4. Sxema dastlabki ko`rsatkichlarni bog’lovchi tenglamalar orqali hisoblanadi.

  5. Hisoblash natijalari jadval va grafiklar tarzida rasmiylashtiriladi.

Sxemani hisoblash uchun kerak bo`ladigan dastlabki ko`rsatkichlar soni
N=A-B
bu yerda:
N – dastlabki ko`rsatkichlarning soni;
A – dastlabki ko`rsatkichlarning umumiy soni,
B –tenglamalarning umumiy soni.
Har qanday boyitish sxemasi ikki turdagi jarayonlarni, ya`ni ajralish va qo`shilish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Ajralish jarayonlarida bitta mahsulotdan ikki va undan ortiq, qo`shilish jarayonlarida esa ikki va undan ortiq mahsulotdan bitta mahsulot olinadi. Sxemadagi umumiy jarayonlar soni
,
bu yerda:
a, aa, aq – tegishli ravishda barcha jarayonlar, ajralish va qo`shilish jarayonlari soni.
Masalan, berilgan sxemada jami 8 ta jarayon bo`lib, ulardan 5 tasi ajralish va 3 tasi qo`shilish jarayonlaridir.
Har qanday boyitish sxemasi 3 turdagi mahsulotlardan tashkil topadi:

  1. Dastlabki mahsulotlar – nd

  2. Ajralish mahsulotlari – na

  3. Qo`shilish mahsulotlari – nq.


Berilgan sxema uchun nd=1, na=10, nq=3, N=14
Hisoblanuvchi komponentlar soni s harfi bilan belgilanadi.
s=1+e (nometall rudalar uchun) bu yerda: e – hisoblanuvchi qo`shimcha komponentlar.
Sxemani hisoblashda har qaysi qayta ishlanuvchi mahsulot uchun ni son qiymatini aniqlash kerak.
Monometalli rudalar uchun s =2, ikki komponentli rudalar uchun s =3 deb qabul qilinadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling