O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYa KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
K imYo-metallurgiYa FAkuLG’TETI
«metallurgiya» KAFEDRASI
“Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi”
fanidan
Amaliy ishlarni bajarish bo’yicha
USLUBIY KURSATMA
1-AMALIY ISH
MAVZU: BOYITISH FABRIKASINI LOYIHALASH UCHUN DASTLABKI MA’LUMOTLAR, TERMINLAR, TUSHUNCHALAR.
Boyitish fabrikasining loyihasini ishlab chiqish uchun quyidagilar kerak:
loyihalash uchun topshiriq, sanoat maydoni bo‘yicha topografik va injener-geologik ma’lumotlar, qurilish maydoni bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar;
loyihaning kon qismi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar;
normativ materiallar, foydali qazilmani moddiy tarkibi va boyitiluvchanlikka moyilligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari natijalari.
Boyitish fabrikasini loyihalashga topshiriq vazirlik yoki korxona direksiyasi tomonidan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashga va shu sanoat tarmog‘ini rivojlantirish rejasiga muvofiq holda tuziladi. Topshiriq fabrika loyihasini tasdiqlovchi instansiya tomonidan tasdiqlanadi.
Fabrikani loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
loyihalash uchun asos (Vazirlar mahkamasining qarori, vazirlik bo‘yicha buyruq va hokazo);
fabrika qurilish rayoni yoki punkti;
fabrikaning dastlabki ruda yoki tayyor mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi;
mahsulot bilan ta’minlash manbalari va kondagi foydali qazilmaning tasdiqlangan zaxiralari;
fabrikaning suv va elektrenergiya bilan ta’minlash manbalari;
boshqa korxonalar bilan ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari;
fabrikaning tayyor mahsulotiga qo‘yiladigan talablar va uning iste’molchilari;
qurilish muddatlari va navbatlari;
kapital mablag‘larning taxminiy o‘lchamlari;
1 tonna mahsulotni qayta ishlashning taxminiy narxi va tayyor mahsulotning tannarxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |