O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Fabrika bosh binosining ishlash tartibi


Download 1.4 Mb.
bet5/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Amaliyot

Fabrika bosh binosining ishlash tartibi
Loyihalash uchun fabrika bosh binosining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi zarur. SHu soatlik ishlab chiqarish unumdorligi orqali dastgohlar tanlanadi va uni aniqlashda dastgohlarni ta’mirlash uchun yuz berishi muqarrar bo‘lgan to‘xtab turishlar hamda ishlatishdagi nosozliklar hisobga olinishi kerak.
Quyidagi terminlarni qabul qilamiz:

  • mashina vaqti – dastgohlarni to‘liq yuk ostida ishlashining hisoblash vaqti (“toza ish vaqti”) soat yiliga;

  • kalendar vaqti – berilgan vaqt oraligidagi to‘liq soatlar soni, masalan, yiliga, 365 24 = 8760 soat;

  • ish vaqti – texnologik dastgohlarga xizmat ko‘rsatishning hisob vaqti, masalan, sex uzluksiz ishlaganda xizmat ko‘rsatish xodimlarining yillik ish kunlarining soni.

365 - 7 = 358 kun (7 kun – bir yildagi bayram kunlarining o‘rtacha soni) dastgohlarni vaqt bo‘yicha ishlatish koeffitsienti kb - mashina vaqtining kalendar vaqtga nisbati.
Dastgohlarni ishlatish koeffitsientining qiymati ko‘p sharoitlarga bog‘liq: dastgohning sifati va mustaxkamligi, ta’mirlash usuli, o‘rnatilgan agregatlarning soni, dastgohlarni ishlatish sharoitlari bilan bog‘liq ta’mirlashlar orasidagi muddat (abraziv eskirish, bo‘laklik, rudaning qattiqligi) va h.k. Hisoblashlarda bu sharoitlarni hisobga olish qiyin va dastgohlarni ishlatish koeffitsienti tajriba yo‘li bilan belgilanadi.
Flotatsiya fabrikalarining bosh binosi uchun u nisbatan og‘ir va qoplamalarni muntazam o‘zgartirib turishni talab qilinadigan yanchish uchun dastgohlar bo‘yicha aniqlanadi.
2.1- jadvalda bu koeffitsientning taxminiy qiymatlari, shuningdek mashina vaqtining fondi keltirilgan.
2.1- jadval
Boyitish fabrikalari uchun dastgohlarni ishlatish koeffitsienti va mashina vaqti

Bo‘lim, sex, fabrika

Dastgohlarni ishlatish koeffi-sienti

Mashina vaqtining yillik fondi

Bir yildagi ish kunlarining soni

soat

sutka

Flotatsiya va magnit boyitish fabrikalari sterjenli, sharli tegirmonlarda yanchish:













bir bosqichda

0,94

8235

343

358

ikki bosqichda

0,92

8060

336

358

Ho‘l o‘zida-o‘zini yanchish va o‘zida-o‘zini yanchuvchi va sharli tegirmonlarda birgalikda:













bir bosqichda

0,90

7885

328

358

ikki bosqichda

0,88

7710

321

358

Ko‘mir boyitish va gravitatsiya fabrikalar

0,685

6000

250

300

YUvuvchi va yuvuvchi-gravitatsiya

0,67

5900

245

-

Bosh binodagi dastgohlarning soatlik ishlab chiqarish unumdorligi fabrikaning yillik ishlab chiqarish unumdorligini mashina vaqtining yillik fondiga bo‘lib aniqlanadi. Bosh binoning sutkalik ishlab chiqarish unumdorligini soatlik ishlab chiqarish unumdorligini 24 ga ko‘paytirib topish mumkin. Bu son sexning mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatini xarakterlaydi va uzluksiz ishlashda yillik ishlab chiqarish unumdorligini fabrikaning bir yildagi ish kunlari soniga (358 kun) ga bo‘lishdan olingan o‘rtacha sutkalik ishlab chiqarish unumdorligiga mos kelmaydi.


Fabrikaga kelib tushadigan mahsulot xossalaridagi notekislikni hisobga olish uchun ba’zan soatlik ishlab chiqarish unumdorligiga notekislik koeffitsienti kiritiladi. Bosh binoning qat’iy soatlik ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan topiladi:

bu erda:
- bosh bino va fabrika dastgohining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat;
- fabrika (bosh bino) ning yillik ishlab chiqarish unumdorligi, t/yil;
kB - bosh bino dastgohlarining ishlatilish koeffitsienti;
kN- berilgan sex dastgohlarining ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiluvchi, mahsulotlarning xossalaridagi notekislikini hisobga oluvchi koefffitsient (k=1). Masalan, rudaning bo‘laklangani va qattiqligi maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiladi, rudaning granulometrik tarkibining notekisligi cho‘ktirishga yuboriladigan alohida sinflarning chiqishlarida tebranishlarni hosil qiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling