O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Foydali qazilmani boyituvchanlikka moyilligini o‘rganishga oid tadqiqot ishlarining natijalari haqidagi ma’lumotlar
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashni tashkil etish tartibi
Foydali qazilmani boyituvchanlikka moyilligini o‘rganishga oid tadqiqot ishlarining natijalari haqidagi ma’lumotlar:
Sifatli boyitish sxemasini tanlash uchun quyidagilar zarur: foydali qazilmani mineralogik va kimyoviy taxlili; tabiiy jarayonlar natijasida qazilmani emirilish darajasi, undagi loy va birlamchi shlamlarning miqdori; tashqi namlikning miqdori; qazilmaning yiriklik xarakteristikasi va undagi eng katta bo‘lakning o‘lchami alohida bosqichlarga kelib tushadigan materialning bosqichlari soni va yirikligi bilan farq qiluvchi istiqbolli sxemalar bo‘yicha boyituvchanligini o‘rganish natijalari; fabrika o‘rtachalashtirilgan rudada ishlagandagi boyitish ko‘rsatkichlari va tartibini o‘zgarishi va o‘rtachalashtirishdan olinadigan iqtisodiy samara. Miqdor va sifat sxemasini hisoblash uchun quyidagilar kerak: maydalangan mahsulotlarning yiriklik xarakteristikasi; alohida operatsiyalar mahsulotlaridagi qimmatbaho komponentning miqdori haqidagi ma’lumotlar; qimmatbaho komponentlarning alohida operatsiyalarga xususiy va umumiy ajralishi; dastlabki bo‘tana va alohida operatsiyalar mahsulotlaridagi qattiq zarrachalarning suyuqlikka nisbati; alohida operatsiyalarga qo‘shiladigan toza suvning solishtirma sarfi. Dastgohlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash uchun sinash natijalari yoki solishtirma yuk meyorlarini belgilay oladigan amaliy ma’lumotlar kerak. Flotatsiya mashinalari, kontakt chanlari va suvsizlantiruvchi bunkerlarni tanlash uchun har qaysi operatsiyadagi qayta ishlanuvchi mahsulotning vaqtini belgilash kerak. Bu ma’lumotlar tadqiqot ishlari natijalari hisobotida bo‘lishi kerak. Loyihalashni tashkil etish tartibi Boyitish fabrikasining loyihasini ishlab chiqish juda murakkab masala bo‘lib, uni echishga ko‘p tashkilotlar jalb qilinadi. Tarmoqning (masalan, mis sanoati, kamyob metallar sanoati) rivojlanish rejasi asosida Vazirlar maxkamasi yangi konni o‘zlashtirish va kon boyitish kombinati yoki kon-metallurgiya kombinati qurish haqida qaror qabul qiladi. SHu bilan bir vaqtning o‘zida bosh loyihalovchi tashkilot ham belgilanadi. Birinchi bosqichda tarmoqning bosh boshqarmasi buyurtmachi bo‘lishi mumkin. Fabrikani loyihalovchi texnologik loyihalash institutiga boyitish bo‘yicha tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlari olib borish topshiriladi. SHu bilan bir vaqtda qurilish maydonini tanlash uchun vazirlik tomonidan komissiya tuziladi. Komissiyaning qurilish maydonini tanlash haqidagi akti, boyitish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, kon qismi bo‘yicha va boyitmani iste’molchiga berish to‘g‘risidagi materiallar fabrika texnik-iqtisodiy asoslashi (TIA) ni tuzish uchun loyihalovchi tashkilotga beriladi. Texnik-iqtisodiy asoslash asosida fabrikani loyihalashga topshiriq ishlab chiqiladi va u tasdiqlangandan keyin fabrikaning texnik loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling