O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


BOYITISH FABRIKASI VA UNING SEXLARINI ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGINI ANIQLASH


Download 1.4 Mb.
bet4/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Amaliyot

BOYITISH FABRIKASI VA UNING SEXLARINI ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGINI ANIQLASH

Boyitish fabrikasining ishlab chiqarish unumdorligi deganda uning asosiy sexi, ya’ni boyitish sexining ishlab chiqarish unumdorligi tushuniladi.


Fabrikaning sutkalik ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashda quyidagi hollar uchrashi mumkin:
1. Boyitish fabrikasi ishlab chiqarish unumdorligi ma’lum bo‘lgan konda yoki shaxtada quriladi. Kon va fabrikaning haftadagi ish kunlarining soni bir xil bo‘lganda fabrikaning sutkalik ishlab chiqarish unumdorligi konning ishlab chiqarish unumdorligidan bir muncha yuqori bo‘lishi kerak, chunki kondan foydali qazilmani alohida vaqt oraligida berish bir tekis amalga oshmaydi. Boyitish fabrikasi ishlab chiqarish unumdorligini konning ishlab chiqarish unumdorligiga nisbatan oshirish koeffitsienti foydali qazilmalarni alohida davrlarda qazib olishning notekislik darajasi va qazilma uchun to‘plovchi moslamalarning sig‘imiga bog‘liq. Yirik maydalangan mahsulot ombori qurilganda rudani kondan bir tekis berilmasligi faqat yirik maydalash sexining ishida aks etadi.
Guruxli va markaziy ko‘mir boyitish fabrikalarining ishlab chiqarish unumdorligi fabrikaga biriktirilgan shaxtalarda qazib olinayotgan ja’mi ko‘mir miqdoriga bog‘liq holda tanlanadi. Seksiyalarning ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 400-600 tonnadan kam bo‘lmasligi kerak.
Kondan turli navga ega, alohida-alohida boyitish talab etiladigan foydali qazilmani qazib olinayotganda fabrika seksiyalarga ajratilgan bo‘lishi kerak. Seksiyalarning soni va ularning ishlab chiqarish unumdorligi alohida navli qazilmalarni qazib olish rejasi asosida belgilanadi.
2. Boyitish fabrikasi konsentratni qayta ishlovchi metallurgik zavodning tayyor mahsulot bo‘yicha yillik ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlashi kerak.
Bu holda fabrikaning dastlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan topiladi:

bu erda:
Qf – boyitish fabrikasining dastlabki mahsulot bo‘yicha yillik ishlab chiqarish unumdorligi, t;
Q3 – metallurgik zavodning tayyor mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi; t;
- metallurgik zavod tayyor mahsulotidagi qimmatbaho komponentning miqdori;
- boyitish fabrikasiga kelib tushuvchi mahsulotdagi foydali komponentning miqdori;
- fabrikada foydali komponentning konsentratga ajralishi;
- metallurgik zavodda konsentratni qayta ishlashda foydali komponentning ajralishi. Agar konsentrat tayyor mahsulot hisoblanib, qayta ishlanmasa, ning qiymati 1 deb qabul qilinadi.



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling