O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


-rasm. Mis-molibden rudasini flotatsiya usulida boyitish sxemasi


Download 1.4 Mb.
bet32/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Amaliyot

2.9-rasm. Mis-molibden rudasini flotatsiya usulida boyitish sxemasi.

Molibden boyitmasini qayta yanchish sxemasida toshli yanchish keng tarqaldi. Toshlar ishtirokida yanchish natijasida 0,074mm sinfdagi mahsulot 90% dan 95% gacha etishi mumkin. Hatto tosh bilan juda yanchilgan mahslotlar flotatsiyalanish jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababdan «Klaymaks» (AQSH) fabrikasida faqat 1-bosqich sharda yanchiladi, qolganlarini toshda yanchiladi.


«Klaymaks», «Urad», «Endako» va boshqa fabrikalarning molibden rudalarini qayta ishlash amaliyoti toshli yanchishni, sharli yanchishga qaraganda ancha samaraliroq ekanliligini ko`rsatadi va selektiv flotatsiyada boyroq molibden boyitmasi olish imkonini beradi.
Yig‘uvchi reagent sifatida uglevolorodlar – kerosin, transformator moyi, mashina moyi va boshqalar keng qo`llaniladi va ularning umumiy sarfi 100-300 g/t rudaga nisbatan olinadi. Flotoreagentlarnining qo`shilishi natijasida quyidagi afzalliklarga erishish mumkin:
- harorat ta`sirini inobatga olsak, sovuq bo`tanada kam qovushqoqli yog‘ yaxshi natija beradi, issiq bo`tanada esa qovushqoqligi yuqori moy yaxshi samara beradi;
- ko`pik hosil qiluvchilarning tanlanishi, apolyar yog‘lar ishtirokida ko`pikning so`nishini oldini olish. Bu kabi ko`pik hosil qiluvchilar OPSB, T-66, sosna yog‘lari keng qo`llanila boshlandi.
Ko`plab qo`shimchalardan iborat sulfidli yog‘ kislotalardan taniqli reagent «Sinteks» deb nomlanadi, AQSH va Kanadaning molibden boyitish fabrikalarida uglevodorod yog‘larini yaxshi emultsiyalash va ko`pik hosil qiluvchilarni yaxshilash natijasida molibden rudalarini boyitish ko`rsatgichlari oshadi va sosna yog‘i sarfi kamayadi. Xususan ularni «Klaymaks» boyitish fabrikasida qo`llash natijasida molibdenning ajralishi 2% ga o`sdi. Ksantogenatlarning flotatsiya jarayoniga (5—30 g/t) qo`shilishi natjasida ham molibdenning ajralishi oshadi. YU.A. CHueva ma`lumotlari asosida butil ksantogenatlarini asosiy molibden flotatsiyasiga qo`shish natijasida, mayin yanchilgan molibdenning ajralishi 1,24—6,35 % gacha oshadi.
Asosiy molibden flotatsiyasida odatda soda qo`llaniladi (rN 8- 9).
Tarkibida ko`p miqdorda shlam bo`lgan yoki yanchish jarayonida ko`p miqdorda shlam hosil bo`lsa suyuq shisha (20—40 g/t) yoki natriy geksametafasfati qo`llaniladi. «B’yut» fabrikasida shu maqsadda pirofosfat (12 g/t) qo`llanilmoqda. Ularni qo`shish ko`p hollarda rudaga kon ishlarida beton qo`shilib qolganda uning zararli ta`sirini yo`qotishga yordam beradi. Bazan oxak qo`shish zarurati tug‘iladi. U gilli rudlarni flotatsiyaga zararli ta`sirini kamaytiradi. Ammo oxak birqancha rudalarda shlamlarni kaogulyatsiyalanishiga olib keladi va molibden zarrachalariga yopishib qoladi. Bu esa molibdenni chiqindi yuilan yo`qotilishiga olib keladi. Bunday hollarda o`yuvchi natriyni qo`llash molibdenni ajralishini yomonlashtiradi.
Rudadan molibdenni ajralishini oshirish uchun ko`pikli mahsulotni apolyar yig‘uvchilar bilan dastlabki ishlov beriladi.
Asosiy flotatsiyaning boyitmasi birinchi va ikkinchi qayta tozalash va molibdenitni boshqa minarallar ta`siridan xolos etish uchun yanchishdan so`ng to`rt martadan o`n ikki martagacha qayta tozalanadi. SHu tariqa oxirgi molibden boyitmasi olinadi, uning tarkibida molibdenning miqdori 50 % ni tashkil qiladi.
Kam sulfidli minerallar qo`shimchasiga ega bo`lgan sof molibdenit rudalari yuqori boyitishning texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lgan holda yaxshi boyitiladi.
Qayta ishlanayotgan mis molibden rudalari tarkibida 0,2—2,0 % mis va 0,008—0,1 % molibden uchraydi. Oxirgi yillarda tarkibida kam mis (0,2—0,6 %) bo`lgan ruladar qayta ishlashga tushirilmoqda. Bunday rudalarni qayta ishlaydigan fabrikalar katta unumdorlikka egaligi bilan ajralib turadi.
Porfirli mis rudalari mis minerallarining katta donadorligi va ularni pirit va molibdenit bilan tog‘ jinsida birga usishi bilan tavsiflanib, bunday rudalarda mayin donador mis, molibden va pirit sulfidlari zarrachalari o`zaro zich joylashgan bo`ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling