Qurilish maydonchasi haqida ma’lumotlar:
joyning mavjud bino va inshootlarini, shoxobcha yo‘llar va o‘simlik qoplami va gorizontal chiziq bo‘ylab topografik rejasi;
tuproqning tarkibi va fizik xususiyatlari, ularga ruxsat etilgan yuklar;
er osti suvlarining sathi va tarkibi, tuproqning muzlash chuqurligi, ustunlik qiluvchi shamolning yo‘nalishi, yog‘ingarchilik miqdori, haroratning tebranishi, maxalliy qurilish materiallarining xususiyati, suv ta’minoti manbalari, ularning debiti, suvning kimyoviy va bakteriologik tarkibi, undagi mexanik qo‘shimchalar;
elektr ta’minoti manbalari va ularning xususiyatlari.
Qurilish rayoni haqidagi iqtisodiy ma’lumotlar:
rayon sanoat rivojlanishining xarakteri va istiqbollari, yonilg‘i resurslari va mahalliy yonilg‘ining narxi;
transport sharoiti, suv va elektrenergiyani olinish sharoitlari va belgilangan narxi;
asosiy materiallarning mavjudligi va narxi;
fabrikani ishchi kuchi bilan ta’minlash imkoniyati va ishchilarni mavjud aholi yashash posyolkalariga joylashtirish.
Konni geologo-texnologik o‘rganish ma’lumotlari konning rudasini boyitish ob’ekti sifatidagi xarakteristikani, ruda sifatini, qimmatbaho komponentning miqdori, yirikligi, qattiqligi, kondagi va fabrikaga kelib tushishdagi oksidlanish darajasidagi tebranishlarni o‘z ichiga oladi.
Loyihaning kon qismi ma’lumotlari:
kon rivojlanishining kalendar rejasi foydali qazilma navlarini ko‘rsatgan holda;
foydali qazilma alohida navlaridagi qimmatbaho komponent va zararli qo‘shimchalarning miqdori;
konni ekspluatatsiya qilish davrida uning sifatini tebranish imkoniyatlari;
foydali qazilmaning yiriklik xarakteristikasi va boshqa fizik xususiyatlari, xususan, namligi, loyning miqdori, zichligi, sochma zichligi;
yil davomida, haftada, sutkada boyitish fabrikasiga foydali qazilmaning kelib tushish grafigi, kondan fabrikaga rudani tashish transporti turi. Konda rudani o‘rtachalashtirish bo‘yicha ko‘zlangan tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |