O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq usulda qazishda rudani kondan fabrikaga berish tartibi
Maydalash sexi. Yirik maydalash sexi (bo‘limi) ning ishi rudani fabrikaga berish tartibi bo‘yicha qabul qilinadi.
Ochiq usulda qazib olishda rangli metallurgiya kon-qazish korxonalarining ish tartibi 2.2- jadvalda belgilanganidek qabul qilinishi mumkin. 2.2- jadval Ochiq usulda qazishda rudani kondan fabrikaga berish tartibi
Er osti usulida qazib olishda istalgan ishlab chiqarish unumdorligi va rayon uchun quyidagi ish tartibi tavsiya qilinadi: yillik ish kunlari soni – 305; sutkadagi smenalar soni – 2; smenaning davomiyligi – 7. Ochiq usulda qazib olishda katta ishlab chiqarish unumdorligiga ega fabrikalar uchun yirik maydalash sexining ishlab chiqarish unumdorligi: sutkalik (t/sut): smenadagi: dastgohlar uchun soatlik: bu erda: , , - tegishli ravishda yirik maydalash sexining sutkalik, smenalik va soatlik ishlab chiqarish unumdorligi; - fabrikaning yillik ishlab chiqarish unumdorligi; kn - notekislik koeffitsienti. Yirik maydalangan rudani fabrikaga tasmali konveyerlar yordamida uzatish uchun yirik maydalash bo‘limini konga yaqin joylashtirishga harakat qilinadi. Fabrikada o‘rta va mayda maydalash bo‘limining ish tartibini rudani berish tartibiga bog‘liq bo‘lmagan holda tanlash uchun yirik maydalangan mahsulot ombori qurish mo‘ljallanadi. Olti kunlik ish xaftasida o‘rta va mayda maydalash dastgohlarining foydalanish koeffitsienti - 0,73 (mashina vaqtining yillik fondi – 6405 soat), etti kunlik ish xaftasida – 0,83 (mashina vaqtining yillik fondi – 7266 soat). Sexning ishlash tartibi – sutkada 3 smena, har smena 7 soatdan. Suvsizlantirish sexi, qoidaga ko‘ra, boyitish sexi bilan bir tekis ishlagani uchun uning ish vaqtini bosh binonikidek qabul qilinadi. Konsentratning chiqishi kichik bo‘lganda, masalan, kamyob metallar rudalarida, quyultirgichlarda konsentratlarning yig‘ilib qolish ehtimoli borligi tufayli filrlovchi dastgohni bir smenada ishlashini loyihalash mumkin. Bir turdagi mahsulotni boyitish uchun ishlab chiqarish unumdorligi va seksiyalar soni har qaysi alohida holda boyitish fabrikasini seksiyalash variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash orqali aniqlanadi. Fabrikani ekspluatatsiya qilish qulay bo‘lishi uchun bir xil texnologik operatsiyalarni bajaruvchi apparatlarni o‘zaro almashtirishni ta’minlash uchun bitta seksiyali qilish maqsadga muvofiq. Masalan, boyitish fabrikasida asosiy flotatsiya uchun 10 ta flotatsiya mashinasi o‘rnatilsa, ularning bittasi ishdan chiqqanda uning mahsulotini qolgan 9 ta mashina orasida tekis taqsimlanishiga erishilishi kerak. Bir seksiyali boyitish fabrikalarining afzalliklari: bir xil texnologik maqsadda ishlovchi barcha mashinalar bir xil sharoitda ishlaydi, ya’ni, fabrika uchun bir xil texnologik jarayon ta’minlanadi; alohida mashinalarning ishdan chiqishi fabrika ishida sezilarsiz aks etadi,chunki, ortiqcha yuk parallel ishlovchi mashinalar o‘rtasida bir tekis taqsimlanadi; ta’mirlash ishlarini tashkil etish soddalashadi; flotatsiya fabrikalarida mashinalarga reagentlarning markazlashgan holda yuklash osonlashadi; boyitish jarayonini avtomatik nazorati va avtomatik boshqarish soddalashadi. Bir seksiyali boyitish fabrikasining asosiy kamchiligi boyitish mahsulotlarini taqsimlash va tashishdir. Bunday fabrikalarning flotatsiya sexida yanchish sexi barcha gidrotsiklonlarining quyulmasi birlashtirilib, ularni markaziy bo‘tana taqsimlagichga quyulishi, u esa bo‘tanani istalgan teng qismlarga bo‘lib, keyin ularni alohida flotatsiya mashinalarga berishga imkon yaratadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling