O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich sinflarda simmetriyani o’rgatish mavzusi bo’yicha dars ishlanmasi
Download 330.76 Kb.
|
Norbekova Nilufar Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish.
- Yangi mavzuni tushuntirish.
- Mustahkamlash.
2.3 Boshlang’ich sinflarda simmetriyani o’rgatish mavzusi bo’yicha dars ishlanmasi.
Fan: Matematika Mavzu: O’qqa nisbatan simmetrik figuralar Darsning maqsadlari: Ta’limiy: o‘quvchilarga simmetriya, simmetrik figuralar haqida ma’lumot berish. Simmetriya haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, geometrik figuralardan simmetriya o‘qini o‘tkazishni o‘rgatish; TK1: turli axborot manbalaridan simmetriyaga mos ma’lumotlarni topa bilish. Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK: simmetrik figuralarni hayotda topa olish; tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Buyuk ajdodlarimiz meroslarini asrab avaylashga o`rgatish TK-4: atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni simmetriya haqidagi tasavvurini kengaytirish, tabiatdan simmetriyaga mos narsalarni topa olish; FK-2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. Dars turi: mustahkamlovchi dars. Dars metodi: tushuntirish, suhbat, amaliy mashg‘ulot, To‘g‘ri-noto‘g‘ri” metodi,” Zanjir” o‘yini Darsning jihozi: geometrik figuralar, daraxt barglari, ko‘rgazmalar, tarqatmalar, test savollari, AKT, multimediya ilovalari, cho‘plar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Sinfdagi o‘quvchilarni va xonani darsga tayyorligini nazorat qilish. Navbatchi axborotini tinglash. II. O‘tgan mavzuni takrorlash. Simmetriyaga misollar keltiring. To‘g‘ri tortburchakdan simmetriya o‘qi o‘tkazing. “Zanjir” o‘yini. Simmetrik jismlarni aytish. Ayiqning oyog‘i, kapalak qanoti, daftarning o‘rtasini ochganda, oynadagi aksingiz, olmani teng ikkiga bo‘lish, tortni teng qismlarga bo‘lish. Yangi mavzuni tushuntirish. 1—5- misol-masala Simmetriya-Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘lchovdosh degan ma’noni anglatadi. Kundalik hayotimizda simmetriyaga juda ko‘p uchraymiz. Masalan, daraxtlarning barglari, qushlar va hasharotlar qanoti, hayvonlarning quloqlari, oyoqlari, tuyoqlari va hakozo. Simmetriya — bir butun narsani tashkil etuvchi qismning markaziy o‘qi. Aylana chizing. Aylana markazidan diametr o‘tkazing. Aylana diametri uning simmetriya o‘qi bo‘lishini simmetriya o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita uchburchak chizing. Uchburchaklarning o‘zaro simmetrik bo‘lgan burchaklarini kesmalar yordamida tutashtiring. a) Teng tomonli a) uchburchak chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.b) Teng yonli uchburchak chizing. Unga nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin? d) Turli tomonli uchburchak chizing. Unga simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?Javob: mumkin emas. a) 9 ta cho‘pdan 4 ta teng tomonli uchburchak yasang. b) 9 ta cho‘pdan 5 ta teng tomonli uchburchak yasang Mustahkamlash. Test savollari: Teng tomonli uchburchakdan nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin? 1 ta 2 ta D. 3ta Turli tomonli uchburchakdan simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi? Mumkin Mumkin emas Aylanadan nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin? 1ta 2ta D. Bir nechta 8 sm li kesmaning simmetriya o‘qini 8 sm 4 sm d. 2 sm Simmetrik jismni toping Kapalakning qanotlari Choynak, piyola D. Ruchka, qalam Download 330.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling