O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 330.76 Kb.
bet2/15
Sana19.06.2023
Hajmi330.76 Kb.
#1606146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Norbekova Nilufar Kurs ishi

Kurs ishining tadqiqot obyekti.
Mazkur kurs ishining tadqiqot obyektini boshlang’ich sinflarda simmetriya tushunchasi va uni o’qitish usullari, o’quvchilarda u to’g’risida dastlabki tasavvurlarni paydo qilish tizimi tashkil etadi.
Kurs ishining tadqiqot maqsadi. Kurs ishining asosiy maqsadi o’quvchilarda boshlang’ich matematik bilimlarni shakllantirish, simmetriya va uning qo’llanilish sohalari haqida ma’lumot berishdir.
Kurs ishining tadqiqot farazi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik masalalar, xususan simmetriyaga doir tushunchalar mustahkamlanadi, agar;

  • O’qituvchida mavzuni to’g’ri tashkil etish qobiliyati bo’lsa;

  • Mavzu aniq isbot va misollar bilan oson yo’lda tushuntirib berilsa;

  • Bolalarda boshlang’ich tanqidiy-tahil fikrlash shakllantira olinsa;

Kurs ishining vazifalari:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarnining matematik masalalarni yechishga bo’lgan qobiliyatini shakllantirish orqali ularda tahliliy-tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.

  2. O’quvchilarga simmetriya tushunchasi haqida ma’lumot berish, ularni mavzuni tez va oson o’zlashtira olishlarini ta’minlash.

  3. Boshlang’ich sinflarida simmetriya tushunchasini bosqichma-bosqich o’rgatish usullarini tahlil qilish.

Kurs ishining nazariy va metodologik asosi sifatida ta‘lim sohasidagi yetakchi nazariyalar, matematika o‘qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta‘limning ustivor yo‘nalish ekanligi haqidagi g‘oyalar, mazkur muammoga oid yetuk mutaxassis olimlar qarashlari, sohani isloh qilishga qaratilgan me‘yoriy hujjatlar, istiqbolli rejalar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan simmetriya tushunchasi borasidagi o’quv qo’llanmalar va adabiyotlardan foydalandik. Bu borada:

  • Boshlang’ich sinflarda o`rganiladigan simmetriyaga doir matnli masalalar ustida ishlashning tashkiliy uslubiy tomonlari va vositalari;

-boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishning pedagogik va axborotli shart-sharoitlarini yaratish;
- boshlang’ich sinf o’qituvchilarida simmetriya mavzusida dars tashkil etishga doir amaliy tavsiyalar berish.

Download 330.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling