О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Download 1.45 Mb.
|
Psixologiya RUT 03.09
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy qobiliyatlar
- Maxsus insoniy qobiliyatlar
2. Qobiliyatlar tasnifi. edagoglik kasbi ma'lumki har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdagi yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faollik bilan shug'ullanishga moyil oqibat natijasida esa pedagogik qobliyatga ega bo'lgan kishilargina erisha oladi.Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri boiib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi.Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin.Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq tushunishi qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi.Akademik qobiliyatlar — matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o'qituvchi o'z fanini faqat kurs hajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o'quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo'lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.Ko'pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o'qituvchi o'z fani bo'yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama keng bilimdon bo'lishi lozim.Perseptiv qobiliyatlar — bu o'quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o'quvchi shaxsini vaqtinchalik, psixik holatlari bilan bog'liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.Nutq qobiliyati – kishining o'z tuyg'u hislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan, o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir.Avtoritar qobiliyat — o’qituvchining rostgo’ylik, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga shu bilan birga o’quvchilarning tarbiyasida javobgarlikni his etish uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog’liqdir.Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.Pedagogik takt psixologiyasini o'rganishida psixolog I.V.Straxov benihoya katta hissa qo'shgan. Uning fikricha, bunda muhimi — o'quvchilarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta'sirni qo'llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olgan holda, o'quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.Pedagogik xayol — bu kishining o'quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyhalashtirganda o'z ish harakatlarining natijasini oldindan ko'ra bilishda namoyon boiadigan maxsus qobiliyatdir.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o'zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon boiib, o'qituvchi ishida g'oyat muhim ahamiyatga egadir.Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlardan tashqari o'qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo'lishi lozimdir.Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi.
1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi. 2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi. 3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo‘linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo‘lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir. Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta’minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto‘g‘ridir, chunki intelletual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta’sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo‘lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig‘indisi ta’sirini ko‘zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo‘lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug‘ma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin. Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san’at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikatsiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o‘z navbatida mayda turlarga bo‘linadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling