O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini baholash


Download 0.51 Mb.
bet12/19
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1389167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
775 27.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini tekshirish mazkur Metodikada belgilangan tartibda kichik komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
2. Qabul yilining 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining kichik qabul komissiyasi tomonidan ingliz va rus tilidan tuzilgan savollar shakllantiriladi hamda kichik qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Savollarni shakllantirishda umumta’lim dasturlaridan foydalaniladi.
3. Savollar to‘plami muhrlangan holda, kichik qabul komissiyasi raisining seyfida saqlanadi. Kichik qabul komissiyasi raisi savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha kichik qabul komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
nomzodlarning tilni bilish darajasini aniqlash xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
saralab olish ishlarini o‘tkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash, barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, ularga saralab olish ishlari natijalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish.
2-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash
5. Nomzodning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun nomzod belgilangan xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
Xonaga lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
6. Saralab olish jarayonida nomzodlarning auditoriyadan chiqishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlashni o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va saralab olishdan chetlashtiriladi.
7. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda kuzatuv ostida xonadan chiqishga ruxsat beriladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling