O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini qayta tiklash


Download 0.51 Mb.
bet18/19
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1389167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
775 27.12.2021

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini qayta tiklash
TARTIBI

Bosqichlar




Subyektlar




Tadbirlar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Oliy harbiy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan kursantlar




O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalariga ariza (bildirgi) bilan murojaat qilish.




Chetlashtirilganligiga bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatda har yili1-iyuldan 20-iyulgacha































2-bosqich




Oliy harbiy ta’lim muassasalari Ilmiy kengashi




1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni ariza beruvchi ishtirokida ko‘rib chiqish.
2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.




20-iyuldan 25-iyulgacha































3-bosqich




Oliy harbiy ta’lim muassasalari




Ilmiy kengashning bayonnomasidan ko‘chirma va o‘qishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasini vazirliklar markaziy apparatiga taqdim etish.




26-iyuldan 30-iyulgacha































4-bosqich




Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘linmasi




1. O‘qishga tiklashga doir hujjatlarni o‘rganib chiqish
2. Kursantni o‘qishga tiklash va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlash.




1-avgustdan 5-avgustgacha































5-bosqich




Oliy harbiy ta’lim muassasalari boshlig‘i, vazirliklar rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari




Kursantni o‘qishga tiklash va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilish.




10-avgustgacha










O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishni qayta tiklash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘qishni qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi) (arizada o‘qishini qayta tiklashni istagan OHTM va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli, o‘qigan OHTM va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘qishini qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi).
2. Ro‘yxatga olgan mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining tavsiyanomasi.
3. O‘qishdan chetlashtirilgan vaqtida OHTM tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma.
4. Xizmat (ish) joyidan tavsifnoma.
5. Yashash joyidagi ichki ishlar bo‘limidan ma’lumotnoma.
6. Mudofaa ishlari bo‘limidan belgilangan shakldagi maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashga ruxsat beruvchi ma’lumotnoma (42-shakl).
7. Yashash joyidagi nazorat organlari bilan o‘qishdan chetlatilgan kursantning o‘qishga tiklash bo‘yicha kelishilganligi haqida mudofaa ishlari bo‘limidan ma’lumotnoma.
8. Harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda o‘qishga yaroqlilik darajasi haqida ekspert hujjatlari.
9. Yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limida harbiy hisobda turganligi haqida qayd qilingan harbiy guvohnomasining nusxasi.
10. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning doimiy ro‘yxatda turish manzili ko‘rsatilgan holdagi nusxasi (OHTM tomonidan ariza beruvchining o‘qishini tiklash masalasi ijobiy hal qilinganda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi OHTMga saqlash uchun topshiriladi).
11. O‘qishdan chetlashtirilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (ariza beruvchi harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan belgilangan tartib va muddatda tegishli OHTMga jo‘natiladi).
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining
RO‘YXATI

T/r

Oliy harbiy ta’lim muassasasi nomi

I. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘yicha

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi

3.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

5.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

II. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘yicha

6.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi

III. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘yicha

7.

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘yicha

8.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandi oltinchi xatboshisidan “harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga professional” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “harbiy ta’lim fakultetlari” so‘zlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” so‘zlari “bir yil, 2-kursda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 24-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, o‘zi yozgan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni o‘tash istagini bildirgan”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli abituriyentlarga ruxsat beriladi”;
g) 26-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 27-bandning birinchi xatboshisidagi “Talabalarni” so‘zi “Talabalar (fuqarolar)ni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 59-banddagi “3-kursi” so‘zlari “2-kursi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) ilovaning izohida:
“, tibbiy ko‘rik esa II-semestrda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“VI-semestrlarda” so‘zlari “IV-semestrlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidan “harbiy ta’lim muassasalariga va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
4-ILOVA

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling