O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


Vatan tayanchi” jamoatchilik patrullari tadbirlardagi ishtiroki


Download 230.5 Kb.
bet14/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

Vatan tayanchi” jamoatchilik patrullari tadbirlardagi ishtiroki.“Vatan tayanchi” otryadlari rahbarlari mahalliy IIB profilaktik inspektorlari bilan hamkorlikda mahallalarda tinchlik
va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida qisqa patrullik kuzatuv xizmatlarini tashkil etadilar.
Otryad rahbarlari profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik rejalarini ishlab chiqishlari mumkin.
Otryad a’zolari kuzatuv patrullik xizmatlarida tartib buzarlar bilan muloqot olib bormaydilar yoki tartib buzuvchilarni qo‘lga olish tadbirlarida ishtirok etmaydilar.
“Vatan tayanchi” patrullari profilaktik inspektorlariga mahalladagi tinchlik
va osoyishtalikni ta’minlashda ko‘maklashadilar. Ularning taqsimoti va ko‘rsatmalari bilan aniq bir ob’ekt yoki xududni kuzatib, vaziyatni o‘rganib keladilar. Belgilangan vaqtda o‘z otryad rahbariga
va profilaktika inspektorlariga belgilangan shaklda ma’lumot taqdim qiladilar.
Patrullik kuzatuv xizmatida otryadlar kichik guruhlarda, ikkilik, uchlik tarkibida jalb qilinadi.
Patrullik kuzatuv xizmati aholi yashash punktlarining joylashuvi va o‘ziga hosligidan kelib chiqib tashkillashtirilishi mumkin.
Otryad a’zolarini jinoiy guruhlar, qurollangan shaxslar aniqlangan ob’ektlarni kuzatish yoki maxsus tadbirlarga jalb qilish mumkin emas.
Otryad rahbarlari har bir a’zosini bu yo‘nalishdagi ishtirokini grafik asosida tashkillashtiradi va hisobotini shakllantiradi. Otryad a’zolarining ushbu tadbirdagi ishtiroki quyidagicha baholanadi:

haftada bir marotaba-15 ball,

ikki haftada bir marotaba-10 ball,

bir oyda bir marotaba-5 ball

Ahloqi va namunali intizomi (umumta’lim maktabi va jamiyatdagi). “Vatan tayanchi” otryadlarida har bir otryad a’zosi uchun alohida intizom varaqasi yuritiladi. Intizom varaqasida otryad a’zosining “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo bo‘lgan kundan boshlab unga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirishlar va intizomiy ta’zirlar qayd etilib boriladi.


Agar otryad a’zosi davlat umumta’lim maktabi va boshqa tashkilotlar tomonidan namunali ahloqi va intizomi uchun rag‘batlantirilsa unga qo‘shimcha 5 ball qo‘yilib boriladi.


Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling