O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


-§. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini


Download 230.5 Kb.
bet2/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

1-§. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini
baholash uchun ballarni hisoblash tartibi

7. “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarining umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari ularga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash orqali aniqlanadi.


8. Davlat umumta’lim maktablaridagi sinf jurnallari va Kundalik.com raqamli ta’lim platformasida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolariga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar uning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.
9. Sinf jurnallari va Kundalik.com raqamli ta’lim platformasida qayd qilingan baholar “Vatan tayanchi” otryadlari rahbarlari tomonidan alohida jadvaliga kiritiladi hamda o‘quv fanlarining qo‘yilgan bahoning oylik yoki yillik (yakuniy) o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblab chiqariladi.
10. Bunda, barcha o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar yig‘indisi o‘tilgan o‘quv fanlarining soniga bo‘linadi. O‘quv yili yakunida test sinovlari o‘tkazilishidan oldin “Vatan tayanchi” otryadi tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan hamda o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga ball beriladi. Bunda, o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
11. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan past bo‘lgan o‘quvchiga ball berilmaydi.
12. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi reyting natijalarining yig‘ma jadvaliga kiritiladi.
13. Oy yakunlari bo‘yicha har oyda o‘quvchilarning o‘quv fanlaridan qayd etgan ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan reyting natijalarining oylik jadvali rasmiylashtiriladi hamda o‘quvchilarning sinf rahbarlari va davlat umumta’lim maktabi direktori bilan kelishilgan holda har oyning to‘rtinchi payshanba kuni “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasiga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik jadvali o‘quvchilar davlat umumta’lim maktabini tamomlaganidan keyin uch yil davomida saqlanadi.
14. “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasi boshliqlari tomonidan taqdim qilingan o‘quvchilarning reytingi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvalini rasmiylashtiradi va har oyning to‘rtinchi juma kuni “Vatan tayanchi” harakatining viloyat bo‘limiga taqdim etadi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvali o‘quvchilar davlat umumta’lim maktabini tamomlaganidan keyin uch yil davomida saqlanadi.
15. “Vatan tayanchi” otryad rahbari, harakatining tuman bo‘linmasi, viloyat bo‘limi boshliqlari butun o‘quv yili davomida o‘quvchilar reyting natijalarining oylik monitoringi olib borilishini ta’minlashi lozim.
16. Sinf jurnallari va Kundalik.com raqamli ta’lim platformasi o‘quvchilarning baholari qayd etib boriladigan asosiy manbaa (hujjat) hisoblanadi hamda ularga o‘zgartirishlar kiritilmasligi va but holatda saqlanishi uchun otryad rahbari (“Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasi, viloyat bo‘limi boshliqlari) mas’ul bo‘ladi.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling