O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


-§. “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovi natijalari


Download 230.5 Kb.
bet4/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

4-§. “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovi natijalari

21. Maxsus sinov (test) – bu harakat a’zosi uchun majburiy va muhim dastur hisoblanadi. Bu sinovda harakatning har bir a’zosi bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan bilim va mahoratlari tekshiriladi.


22. Maxsus sinov o‘smirlarni harakatga qabul qilayotganda, har chorakda yoki harakat a’zosining iltimosi bilan yakka tartibda, harakatning dala lager yig‘inida
va “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish uchun Mudofaa vazirligi belgilangan tanlab olish sinolarida o‘tkaziladi. Bu sinov savollari bosqichlarga bo‘linib, oddiydan murakkabga qarab o‘sib boradi. Sinov bosqichidan o‘tgan harakat a’zosi alohida nishonga ega bo‘ladi va navbatdagi bosqich uchun tayyorgarlik ko‘radilar.
23. Har bir bosqich sinovlari bir nechta mavzu va savollarni o‘z ichiga oladi.
Bu mavzu va savollarni o‘zlashtirish ma’lum vaqtni talab qiladi. Savollar to‘rtta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jamlangan bo‘ladi. Sinovlar “Vatan tayanch”lari haqida bilimlar
va “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” yo‘nalishlari nazariy test tartibida, “Jamiyat hayotidagi ishtiroki va fuqaro himoyasi” hamda “Tabiatdagi hayot” yo‘nalishlari amaliy tartibda qabul qilinadi.
24. Nazariy test sinovlari har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida o‘ntadan savollardan iborat bo‘ladi. Amaliy sinovlar biletlarga uchtadan shart kiritish va tanlangan biletdagi shartlarni bajarishi natijalari bilan baholanadi.
25. “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovi natijalarini qabul qilish uchun Mudofaa vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh sinovlarni har bir davlat umumta’lim maktablarida yoki hududiy birlashtirgan holda bir nechta davlat umumta’lim maktablarini bir joyga jamlagan holda o‘tkazishi mumkin.
26. “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovi natijalarining yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlar natijalari umumlashtirilib yakuniy baho qo‘yiladi va ishchi guruhi tomonidan imzolanadi. Sinovlar bir nechta davlat umumta’lim maktablarini bir joyga jamlagan holda o‘tkazilganda yakuniy baho har bir davlat umumta’lim maktabining “Vatan tayanchi” otryadlari uchun alohida baholar vedomosti rasmiylashtiriladi. Bunda, “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovidan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling