O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


Download 230.5 Kb.
bet1/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2


O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining
2022- yil “___”________dagi
____/____-sonli qo‘shma qaroriga
ilova
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish
uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati

a’zolariga imtiyozli tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar


va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022- yil
2- martdagi PQ–150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar
harbiy-vatanparvarlik harakati (bundan buyon matnda “Vatan tayanchi” harakati deb yuritiladi) a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Tavsiyanomalar “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadlarining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tanlab olish tartibiga muvofiq beriladi.
3. “Vatan tayanchi” harakatining tavsiyanomaga ega bo‘lgan a’zolari respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.
4. “Vatan tayanchi” harakati tomonidan respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.


2-bob. “Vatan tayanchi” harakati a’zosini Mudofaa vazirligi tomonidan
belgilangan tanlab olish tartibiga muvofiq baholash mezonlari

5. “Vatan tayanchi” harakati a’zolari davlat umumta’lim maktablaridagi o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi, bunda jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari alohida ko‘rsatkich bo‘yicha, fan va sport olimpiadalarida erishgan natijalari, kitobxonlik darajasi va tanlovlardagi ishtiroki, “Vatan tayanchi” harakati faoliyatidagi faolligi, ya’ni “Vatan tayanchi” harakati faoliyati doirasida tashkil etiladigan tanlovlar, musobaqalar, amaliy va texnik yo‘nalishdagi to‘garaklardagi ishtiroki, konferensiyalar, seminarlardagi faolligi, ommaviy


va vatanparvarlik tadbirlaridagi ishtiroki hamda intizom ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanib boriladi.
6. “Vatan tayanchi” otryadlari rahbarlari otryadning har bir a’zosini reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirib boradi.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling