O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


-bob. “Vatan tayanchi” otryadi a’zosining intizomini baholash


Download 230.5 Kb.
bet5/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

3-bob. “Vatan tayanchi” otryadi a’zosining intizomini baholash

27. “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolari o‘zlarining faolligi


va tashabbuskorligi orqali o‘zlari o‘qiydigan maktablarda, mahallalarda aholining hurmatiga sazovor bo‘lishlari, o‘z atrofida yoshlarni birlashtirishlari uchun harakat qiladilar. Faolligi
va ezgu amallari orqali qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari intizomiy rag‘batlantirilib boriladi.
28. Har bir otryaddagi axloqiy muhit va intizom holati xolisona qayd etib borilishi zarur. Namunali axloqi va intizom uchun o‘quvchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati otryad rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
29. “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolarining intizomi ko‘rsatkichlari
“Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovida hisoblab chiqiladi va ushbu Nizomning
6-ilovasida ko‘rsatilgan ahloqi va namunali intizomi (umumta’lim maktabi
va jamiyatdagi) baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Namunali harbiy intizom uchun beriladigan ball mazkur Nizomning 3-ilovasi tegishli ustuniga kiritiladi.
30. “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolarini rag‘batlantirish masalasi uning davlat umumta’lim maktabidagi o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda bevosita otryad rahbarining bergan tavsiyasiga asosan ko‘rib chiqiladi.
31. Davlat umumta’lim maktablarida tavsiyanomalar uchun test sinovlari o‘tkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda reyting natijalarining yig‘ma jadvali tuziladi. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali bevosita “Vatan tayanchi” otryadi rahbari, bitiruvchi sinflarning rahbarlari, maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Reyting natijalarining yig‘ma jadvali maktab direktori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng berilgan rag‘batlantirishlar uchun ball qo‘yilmaydi.
32. Reyting natijalari yig‘ma jadvalining nusxasi maktab direktorining
o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va maktabning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
33. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolari davlat umumta’lim maktabini bitirib bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling