O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


-§. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari


Download 230.5 Kb.
bet3/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

2-§. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
uchun ballarni hisoblash tartibi

17. “Vatan tayanchi” otryadi rahbari davlat umumta’lim maktabidagi jismoniy tayyorgarlik fani o‘qituvchisi bilan hamkorlikda otryad a’zolarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilib boradi. Darslar jadvali asosida otryad a’zolarining baholari o‘quv fanlaridan qo‘yilgan fanlar bo‘yicha baholari ko‘rsatkichlarini yig‘indisini hisoblash bilan bir xil tartibda qayd qilib boriladi.


18. Har oy yakunida otryad a’zolaridan nazorat sinovlari o‘tkaziladi. Nazorat sinovlari sportning 100 va 3000 metrga yugurish, turnikda tortilish turlari bo‘yicha o‘tkaziladi hamda
oy yakuniy bahosi chiqariladi. Bunda, jismoniy tarbiya fanidan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.


3-§. Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
fanidan baholarni hisoblash tartibi

19. Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani “Vatan tayanchi” otryadlariga a’zo bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus fan sifatida qayd etiladi. Otryadning har bir a’zosi ushbu fan dasturini mukammal o‘zlashtirishi zarur.


20. Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qish davomida o‘quvchilar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganib, eng avvalo favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli harbiy xizmatning birlamchi ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini baholash tartibi darslar jadvali asosida otryad a’zolarining baholari o‘quv fanlaridan qo‘yilgan fanlar bo‘yicha baholari ko‘rsatkichlarini yig‘indisini hisoblash bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. Bunda, Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling