O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


-bob. Tavsiyanoma berish uchun test sinovlarini o‘tkazish


Download 230.5 Kb.
bet6/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

4-bob. Tavsiyanoma berish uchun test sinovlarini o‘tkazish

34. “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolari tomonidan davlat umumta’lim maktablaridagi o‘quv dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash Respublikada o‘rnatilgan tartib asosida, davlat umumta’lim maktablaridagi bitiruv davlat imtihonlari natijalaridan olinadi. Qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning bevosita “Vatan tayanchi” harakati faoliyatidagi faolligini baholash uchun ushbu Nizomda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus test sinovi o‘tkaziladi.


Maxsus test sinovlarida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.
35. Maxsus sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli Mudofaa vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
36. Sinovlari o‘tkazilishidan bir oy avval Mudofaa vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Vatan tayanchi” harakati faoliyati va davlat umumta’lim maktablari o‘quv dasturlariga mos namunadagi test savollari tuziladi.
37. Tavsiyanomalar berish uchun “Vatan tayanchi” harakati faoliyati bo‘yicha maxsus test sinovlariga mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 60 ta bo‘lib, ularning
20 tasi – tarix fanidan, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 20 tasi – “Vatan tayanchi” harakati haqida bilimlar bo‘yicha test savollaridan iborat bo‘ladi.
Har bir to‘g‘ri javob uchun: tarix fani bo‘yicha – 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha – 1,1 ball, “Vatan tayanchi” harakat haqida bilimlar bo‘yicha – 1,5 ball beriladi.
38. Maxsus test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga bir soat vaqt belgilanadi.
39. Maxsus test sinovlarining natijalari haqida rasmiy ma’lumotlar chiqarilganidan so‘ng, har bir “Vatan tayanchi” otryadi a’zosining maxsus test sinovlari bo‘yicha natijalari va “Vatan tayanchi” harakatidagi faoliyati mobaynida to‘plagan ballari ko‘rsatilgan, mazkur Nizomning
4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yakuniy jadval tuziladi.
Yakuniy jadval to‘plangan ballarning pasayib borish tartibida tuziladi hamda o‘quvchilar davlat umumta’lim maktabini bitirganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
40. Yakuniy jadval nusxasi maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va maktabning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
41. Davlat umumta’lim maktablarida mazkur Nizomning 1–4-ilovalariga muvofiq shaklda tuzilgan jadvallar ro‘yxatga olinadi va ularning qat’iy hisobi yuritiladi.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling