O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati
Download 230.5 Kb.
|
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2
5-bob. Tavsiyanomalarni berish
42. Tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni qabul qilish maqsadida “Vatan tayanchi” otryadlari rahbarlari, davlat umumta’lim maktabi direktori, uning o‘rinbosarlari va bitiruvchi sinflar rahbarlari hamda “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirokida yakuniy yig‘ilish o‘tkaziladi. Yakuniy yig‘ilish davomida har bir “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarining faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali intizomi va o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballarining (agar mavjud bo‘lsa) umumiy yig‘indisi jamlanadi hamda “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolariga e’lon qilinadi. 43. Yakuniy yig‘ilish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va davlat umumta’lim maktablari direktorlari tomonidan tasdiqlanadi. “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar eng faol va munosib a’zosiga tavsiyanoma berish to‘g‘risida xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati shaxsan maktab direktorining zimmasiga yuklanadi. 44. Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan “Vatan tayanchi” otryad a’zolari test sinovlarining natijalaridan qat’i nazar tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi. 45. Davlat umumta’lim maktablarida o‘qishi mobaynida jinoyat, huquqbuzarlik, qo‘pol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan o‘quvchilarga, agar ular bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan va profilaktik inspektorlar tomonidan asosli hujjatlar to‘plangan bo‘lsa, to‘plagan yakuniy ballari miqdoridan qat’i nazar tavsiyanoma berilmaydi. 46. Davlat umumta’lim maktabi direktorining tavsiyanoma berilgan o‘quvchini maktab ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldiriladi: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022- yil 2- martdagi PQ–150-son qaroriga muvofiq o‘z burchini vijdonan ado etgan davlat umumta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi tavsiyanoma berildi.”. 47. Fuqarolik pasportining “Alohida qaydlar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi jumla yozib qo‘yiladi: “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yilida tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali, ______ raqamli tavsiyanoma berildi.”. 48. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomaga munosib topilgan “Vatan tayanchi” otryadining a’zosiga tavsiyanoma topshirish “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasida, tuman rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari a’zolari ishtirokida, tantanali ravishda amalga oshiriladi. 49. Tavsiyanoma blankasi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. 50. Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va ularning butligini ta’minlash hamda ulardan maqsadli foydalanish mas’uliyati “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmalari boshliqlari, davlat umumta’lim maktablari direktorlarining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va “Vatan tayanchi” otryadlari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. 51. Har yili iyun oyida o‘quvchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari ko‘rsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan o‘quvchilar ro‘yxati va yakuniy yig‘ilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli bo‘linmalariga taqdim etiladi. 52. “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari tuman Mudofaa ishlari bo‘limlari arxivida besh yil davomida saqlanadi. 53. Tavsiyanoma egasining arizasiga asosan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma o‘rniga “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasi boshlig‘i ruxsati bilan tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘iga binoan uning dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yo‘qotganligi haqida davriy nashrda e’lon qilishi hamda tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma “Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linmasiga qaytarilishi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishi zarur. 54. Tavsiyanomaning yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuv bo‘lgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________da berilgan _____-sonli tavsiyanoma o‘rniga berilgan degan so‘zlar yoziladi va tuman Mudofaa ishlari bo‘limining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling