O‘quvchilarni “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatidagi faolligi va ko‘nikmalarini
baholash mezonlari
“Vatan tayanchi”lari haqida bilimlar. Bu yo‘nalishida mamlakatimizdagi mustaqillik yillarida tashkil etilgan mavjud yoshlar va bolalar tashkilotlari hamda harakatlar, “Vatan tayanchi” harakatining maqsadi va vazifalari, otryad a’zosiing majburiyati va burchi, harakat tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar, to‘garaklar, ularni o‘tkazish tartiblari bo‘yicha bilimlar sinaladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik. Bu yo‘nalish harakat a’zosining umumiy ma’naviy
va ma’rifiy darajasini belgilaydi. Bunda harakat a’zosining Vatan tarixi, buyuk siymolar, sarkardalar, jadidchilik harakati tarixi, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni bilishi, davlatimizning milliy ramzlarini, geografiyasini, tarixini, madaniyati va an’analari, bo‘yicha bilimlari baholanadi.
Jamiyat hayotidagi ishtiroki va fuqaro himoyasi. Kundalik hayotda milliy
urf-odatlar va an’analar bo‘yicha saboqlari. Muomala madaniyati va qoidalari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yoki tez yordamga murojaat qilish tartibi, yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, shahar va aholi punktlarida harakatlana olish (orientirovanie), xayriya tadbirlari va ijtimoiy foydali dasturlarda ishtirok etish holatlari o‘rganiladi.
Tabiatdagi hayot. Bu maxsus bilim va ko‘nikma hisoblanadi. Bu bo‘yicha quyidagi bilim
va tushunchalar sinovdan o‘tkaziladi:
tabiat qo‘ynida xavfsiz va qulay hayot kechirish, nafaqat o‘zi uchun qulay va xavfsiz, tabiatni himoya qilish bo‘yicha tushunchalar;
mamlakat hayvonot va o‘simliklar dunyosi bo‘yicha bilimi, xavfli hayvonlar
va o‘simliklar haqida ma’lumotlar;
sayohatda vaqtinchalik joylashuvi va tunash uchun sharoitlarni yaratish, dala sharoitida ovqat tayyorlash tartibi bo‘yicha bilimlar;
tabiiy vositalardan xo‘jalik anjomlari va joylashuv kapalarini yasay olish ko‘nikmalari;
kartografiya, orientirlash, to‘siqlardan o‘tish, ekstremal vaziyatlardagi o‘zini tutish bo‘yicha maxsus bilimlar.
Bundan tashqari, sinovlarda alohida jismoniy tayyorgarlik, dala mashg‘ulotlarida, sayohatlarda va boshqa boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida o‘zlashtirgan ko‘nikmalari bo‘yicha me’yorlar topshirish punktlari ham tashkil qilinadi.
Bunda, “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sinovi (testi)dan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,6-5,0 uchun - 20 ball;
4,0-4,5 uchun - 15 ball;
Do'stlaringiz bilan baham: |