22-modda. Qonunchilik palatasi komissiyalari
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tuziladi.
Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi.
Komissiyalar o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.
Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida
belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
IV. Fraksiyalar
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan
kuchga kiardi)
Oldingi
tahrirga qarang.
23-modda. Fraksiyalar to‘g‘risida
Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini
Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida
qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya
fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Fraksiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida
belgilanadi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan
kuchga kiardi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |