O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining ishini tashkil etish


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

19-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining ishini tashkil etish
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning
Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi 
Reglamentida
belgilanadi.
20-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab
o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi
hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy
muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio
hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-
son)
21-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining qarorlari
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular
tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda
boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling