qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal
faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.
35-modda. Qonunchilik palatasi Reglamenti
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik
palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari,
shuningdek fraksiyalari
faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida
belgilanadi.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
36-modda. Qonunchilik palatasi devoni
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar
faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-
texnika ta’minotini Qonunchilik palatasi devoni amalga oshiradi.
Qonunchilik
palatasi devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining
mehnat haqi miqdori va
moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Qonunchilik palatasi
Spikeri tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Qonunchilik
palatasining vakolat muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Qonunchilik palatasi devoni yuridik shaxs hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri
tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: