O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Kelishuv komissiyasining takliflarini ko‘rib chiqish


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

31-modda. Kelishuv komissiyasining takliflarini ko‘rib chiqish
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n
kun ichida uning takliflarini ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari yuzasidan deputatlar umumiy
sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi
tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va
ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi uni
kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi
qaroriga rozi emasligini bildirsa, qonun avvalgi qabul qilingan tahririda ovozga qo‘yiladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi.
32-modda. Qonunni imzolash va uni e’lon qilish
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon
qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga qaytarishga haqli.
33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunning
Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida
qayta ko‘rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
1) qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan
holda qabul qilish;
2) qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;
3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, Senatga
ma’qullash uchun yuboriladi.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling